Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Saqlanish kerak bo‘lgan narsalar:
1. Qorin to‘yganidan keyin ham o‘zini zo‘rlab ovqat eyish.
2. Ovqatni isrof qilish.
3. Mehmondorchilikka chaqirilmasa ham borish.
4. O‘zgalarning nasibasini eyish.
5. Kasallik va boshqa zarar keltiruvchi narsalarni eyish.
6. Nima eyayotgani va ichayotganiga e’tibor bermaslik.
Taom eyishdagi odobsizliklar:
1. Ovqatni chap qo‘li bilan eyish.
2. Ovqatni hidlab ko‘rish.
3. Nonni yumshoq yo qattiqligini bilish uchun ushlash.
4. Ovqatni shoshilib, yaxshi chaynamasdan yutish.
5. Ovqatni o‘ta issiq holida eyish (shu sabab nonushta va tushlikni 
maktabga ketishdan oldinroq qilib olish kerak. Maktabga ketishga 5-10 
daqiqa qolganida shoshilib ovqatlanish o‘quvchilarning kun tartibi 
buzilishi va sog‘lig‘i yomonlashishiga sabab bo‘ladi).


– 223 –
Hikoya
ir o‘quvchi kasal bo‘lib qoldi va uning kasali og‘irlashdi. 
Doktor kelib kasalini tekshirib ko‘rgach, ovqat va 
holvani haddan ziyod ko‘p eb qo‘ygani uchun oshqozoni ishdan 
chiqib, sog‘ligi yomonlashganini aniqladi. Tasodifan doktor shu 
o‘quvchining qo‘lida pul to‘la hamyon borligini ko‘rib qolib unga 
dedi:
– Agar senga yana shuncha miqdorda pul bersam, shu 
hamyonga sig‘dira olasanmi?
– Unga ichidagidan ortiq pul sig‘dirish mumkin emas, – deb 
javob berdi o‘quvchi.
– Zo‘rlab sig‘dir.
– U qimmatbaho hamyon. Yirtilib ketishidan qo‘rqaman.
Shunda doktor dedi:
– Bilginki, ey o‘g‘lim! Sening oshqozoning ham shu hamyonga 
o‘xshaydi. Agar qorningga siqqanidan oshig‘ini esang, har xil 
kasalliklarga chalinasan.
Foydali nasihatlar
1. Ko‘p eyish oz eyishdan ham mahrum qiladi.
2. Badanning quvvati ovqat, ruhning quvvati 
ilmdir.
3. Qorin eyishdan zavq oladi, aql esa hikmatdan.
4. Olimlardan biri Nizomiddin shunday deydi: 
“Quyidagilar yoqimsiz, xunuk va nomaqbul 
ishlardandir: o‘zgalarni masxaralash, ko‘p kulish, achchiq narsalarni 
ko‘p eyish, mevalari pishib turgan daraxt tagiga yotish yoki uning 
ostiga hojat ushatish, sochni boshqa kishilar tarog‘i bilan tarash, 
qozondan qo‘l bilan ovqat eyish, jamoat oldida tupurish, sichqon 
egan narsani eyish, bozorda ko‘pchilik nazari tushib turgan joyda 
ovqat eyish, qabristonda o‘tirib ovqatlanish va u erda qahqaha otib 
kulish!”


– 224 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling