Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv qurollari
Narsalarni toza tutish
Buyumlar tozaligi olalar, har bir inson besh xil narsani toza tutishi shart ekanini bilamiz. Shularning uchinchisi shaxsiy buyumlar edi. “Shaxsiy buyumlar” deganda uy ichidagi hamma narsa tushuniladi. Uydagi narsalar yo sizniki yo ota-onangizniki yoki akangiz yo ukangizniki. O‘quvchining shaxsiy buyumlariga qarab, uning qanday bola ekanini bilish mumkin. Agar uning buyumlari ozoda bo‘lsa, demak u aqlli va tarbiyali bola. Agar buyumlari kir- chir va betartib bo‘lsa, demak, u uncha ham aqlli bola emas. Har bir bola o‘z buyumi va narsalarini toza tutish uchun zarur bo‘lgan birinchi shart – tartib. Tartib har bir narsani joy-joyiga qo‘yishdir. Narsalar har joyda sochilib yoki qalashib yotishi adabsizlikni bildiradi. Balki har bir buyum o‘ziga munosib joyda turishi lozim. Har bir narsa o‘zining sheriklari bilan birga qo‘yilishi kerak. Buyumlarni ishlatilmagan taqdirda qarovsiz qoldirilmaydi, balki vaqti-vaqtida tozalab turiladi. Aks holda ularni chang va kir qoplaydi. Kir mikroblarni paydo bo‘ladi. Mikroblardan kasallik kelib chiqadi. Agar buyumlar toza tutilsa, egasiga ko‘p xizmat qiladi. Shu sababli pul ham tejaladi. Demak, buyumlarni toza tutishda uchta foyda bor ekan: uyning tartibli bo‘lishi, kasallikdan saqlanish va pulning tejalishi. Kitoblar itob inson uchun ulug‘ ne’matdir. Kitob tufayli biz bilmaganimizni bilib olamiz va to‘g‘ri yo‘lni va odob- axloqni o‘rganamiz. Shuning uchun kitoblarni avaylashimiz va toza tutishimiz zarur. Kitobdan foydalangan bola shunchaki ermak – 236 – uchun unga yozishi, chizishi, uning varaqlarini buklashi yoki yirtishi mumkin emas. O‘qigan vaqtda kitob titilib-to‘zib ketishi va kir qilishi ham yomon ish. Kitoblar uyda alohida tokchada yoki shkafda turishi kerak. Kitobni o‘qib bo‘lgach, yana o‘z joyiga qo‘yib qo‘yiladi. Kitoblarni va ular turadigan tokchalarni tez-tez artib, changdan tozalab turiladi. O‘quv qurollari 1. Daftarlar. Aqlli bolaning daftarlari toza bo‘lishi kerak. Agar daftarga siyoh bilan xato yozib qo‘ysa, nima qilish kerak? Uning ustidan bir chiziq tortiladi – bo‘ldi. Aqli kamroq bola esa xatoni tirnog‘i bilan o‘chirishga urinadi. Bunaqada daftar xunuk bo‘lib ketadi. Yozish uchun chiqarilgan daftarga rasm solinmaydi. Rasm daftari alohida bo‘ladi. 2. Qalam (ruchka). Qalamni o‘ynash, sindirish va og‘izga solib kir qilish mumkin emas. Ayrim odobsiz bolalar qalamni nayza qilib otadi, tishlab g‘ajiydi. Natijada qalam yaroqsiz holga keladi. Bu ota-onasi peshana teri bilan topgan ne’matni isrof qilishdir. Isrof qilish esa gunoh. 3. Sumka-portfellar. Kitob va daftar solinadigan sumkalar ham toza bo‘lishi kerak. Sumkaga turli egulik, kiyim-bosh yoki turli o‘yinchoqlar ham solinmaydi. Bu narsalarning sumkasi alohida. Ammo maktabga ketayotganda sumkaga quruq meva solish mumkin. Mevani sumkaga solishda avval kog‘ozga o‘raladi yoki maxsus idishga solinib, undan keyin sumkaga joylanadi. Sumkani chang joylarga qo‘yilmaydi. Ba’zi bolalar maktabdan qaytayotganda sumkasini iflos joyga tashlab, o‘zlari o‘yinga berilib ketadi. Yoki uyining oldiga kelganda sumkani ichkariga olib kirmasdan ko‘cha eshik yonida qoldiradi. O‘yinga ovunib, sumkasiga iflos bo‘lish-bo‘lmasligiga ahamiyat bermaydi. Bu yomon odat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling