7. Qiziquvchan bo‘lish.
Mavzularni yaxshilab o‘zlashtirish uchun qiziqish kerak. Har
bir ma’lumotni alohida e’tibor va qiziqish bilan o‘qisak, zehnda
yaxshi saqlanib qoladi. Shuningdek, bajara olmagan savolimizni
kitoblardan xohish bilan qidirsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Imomi A’zamdan: “Qanday qilib chuqur bilim egasi bo‘lgansiz?”
deb so‘rashganida, “Bilmaganimni o‘rganish uchun diqqat bilan
tingladim, bilganlarimni qaytarishganda esa xuddi bilmagandek
maroq bilan takrorladim”, deb javob bergan ekan. Bolalar shuni
unutmangki, ko‘p ishlagandan ko‘ra unumli ishlashga harakat qi-
lish kerak. Kitob bizga yuk emas, yo‘l ko‘rsatuvchidir.
8. Savollarni to‘g‘ri tushunish.
Imtihonga tayyorlanayotganda ko‘p savollarga javob topish
kerak. Sizga berilayotgan savollarni to‘g‘ri tushunish javob berish-
ni engillashtiradi. Savolni yaxshi tushunib olmagan odam uning
javobiga ham qiynaladi yoki noto‘g‘ri javob beradi.
Unutmaslik kerakki, savolni to‘g‘ri tushunish va ishlayotgan
mashq mohiyatini bilish masalaning yarmini echish bilan barobar.
9. E’tibor bilan o‘qish.
O‘qish davomida qancha e’tiborli bo‘lsak, eslab qolish qobili-
yatimiz shuncha oshib boradi. Buning uchun mavzuni sinchiklab
o‘qish lozim. Muhim joylarini daftarga qayd etish yoki rangli
ruchka bilan chizish takrorlash paytida qulaylik tug‘diradi.
O‘qiyotgan ma’lumotlarni yaxshi o‘zlashtirish uchun quyida-
gilar tavsiya etiladi:
– baland ovozda o‘qish;
– o‘rtoqlari bilan savol-javob qilish;
– mavzuga tegishli testlarni echish va kamchiliklarini bilib,
ularni o‘rganish.
– ma’lumotlarni yodlab qolish uchun tushunib o‘qish hamda
amaliyatda qo‘llash kerak.
– imtihon kunidan oldin oxirgi marta belgilab qo‘yilgan qayd-
larga yoki kitobning muhim joylariga qarash samara beradi.
– 315 –
Do'stlaringiz bilan baham: |