Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Donolar xislati
alq aqlli kishilarni dono deb ataydi. Chunki ular inson-
larga foydali va zarur bo‘lgan narsalarni o‘ylab topadilar. 
Ko‘p so‘zlash bilan odam dono bo‘lmaydi. Ko‘p tinglab dono 
bo‘ladi va izzat topadi. Aqlli kishi deb shunday kishiga aytamiz-
ki, unda o‘tkir aql-idrok bo‘lishi bilan birga fazilat ham bo‘lsin. 
Bunday kishi o‘zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni 
amalga oshirishga va yomon ishlardan o‘zini tiyishga qaratgan 
bo‘lishi kerak. Shunday odamni aqlli va to‘g‘ri fikr yurituvchi deb 
atash mumkin.
Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi 
aqllidir. Oqil odam bir masalaning har bir jihatini o‘ylab, tadqiq 
va taftish qiladi, qat’iy hukm qilishga shoshilmaydi, ma’naviy ji-
hatlarni ham tushunadi. Dalilsiz, hujjatsiz bir jumlaning qiyosini 
rad etish yoki qabul qilish ahmoqlik hisoblanadi.
O‘g‘ri topildi
(Ibratli hikoya)
bu Hanifa qo‘shnilaridan birining tovusi o‘g‘irlandi. 
Qo‘shni imomga murojaat etdi. Imomi A’zam:
Buni hech kimga gapirmang, – dedi. Masjidga bordi. Jamoat 
to‘plangach:
– Ey qo‘shnisining tovusini o‘g‘irlagan kishi, tovus patlarini 
boshingga ilashtirib masjidga kelgani uyalmadingmi? – dedi 
imom.
Shunda jamoatdan bir odam boshini paypaslaganini ko‘rdi. 
Darhol imom unga:
– Borib qo‘shningning tovusini qaytarib ber, – dedi. Shu tariqa 
o‘g‘ri topilib, tovus egasiga qaytarildi.


– 320 –
Iste’dod va qobiliyat
lug‘ vatandoshimiz Abulqosim Mahmud Zamaxshariy: 
“Hunarmandu kosiblar ko‘pdir, biroq mohiru qobili-
yatlilar ozdir”, degan edi. Ya’ni, usta ko‘p, ammo haqiqiy usta, o‘z 
ishining mohir ustasi bo‘lgan kishilar kamdir. Shunday ekan, ey 
farzand, sen yaxshi bilim olib, o‘z kasbing ustasi, etuk mutaxas-
sis bo‘lib etishsang, doim ishing baroridan keladi va hayotda qo-
qilmaysan. Zero, o‘z kasbining mohir ustalari doim el ardog‘ida 
bo‘ladilar. Bunday kishilarga talab juda katta.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling