– 331 –
Agar ustoz bir o‘quvchiga uyda masala
echib kelishni topshirsa,
u dangasalik qilib boshqa o‘quvchining daftaridan masala
javobini ko‘chirib olsa va ustoziga masalani o‘zim echdim, desa,
u yolg‘onchidir. Agar maktab direktori bir o‘quvchini
guvohlik
berish uchun chaqirsa va u eng qadrdon do‘stining zarariga bo‘lsa
ham haqiqatni ochiq aytsa, u to‘g‘ri so‘zdir.
Agar guvohlik berishda
biron narsani qo‘shsa yoki kamaytirsa, u yolg‘onchidir.
Mana shu misollardan ko‘rayapsanki, to‘g‘rilik so‘z yoki
amalning haqiqatga to‘g‘ri kelishidir.
Sen maktabga bormaslik
uchun yolg‘ondan o‘zingni betob qilib ko‘rsatishing yoki
bilmaydigan narsang haqida xabar berishing yoki yolg‘on
gapirayotganini bila turib birovni yolg‘on gapirishiga indamay
qarab turishing bularning barchasi yolg‘onchilikdir.
To‘g‘ri so‘zlash
foydalaridan biri shuki, rost so‘zlagan inson
ko‘pchilik muhabbatini va ishonchini qozonadi.
Shuning uchun
rostgo‘y o‘quvchini ota-onasi ham,
ustozlari ham birday yaxshi
ko‘radilar. Odamlar har doim rostgo‘y tijoratchi bilan oldi-sotdi
qilishni xohlaydi. Oldiga odamlar borganlari uchun to‘g‘riso‘z
hunarmand xalqqa taniladi. Agar rostgo‘ylik bo‘lmaganda
xalqning
ahvoli buzilib, tarix, jo‘g‘rofiya va shunga o‘xshash
kitoblarda etib kelgan xabarlarga odamlarning ishonchi yo‘qolgan
bo‘lar edi. Rostgo‘ylik insonni omonat, ochiqlik va va’daga vafo
qilish kabi ko‘p fazilatlar bilan sifatlanishga chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: