Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Til va dil birligi
ziz bolalar, she’riyat mulkining sultoni Amir Alisher Navoiy 
bobomiz: “Tiling bilan ko‘nglingni bir tut”, deb nasihat qil-
ganlar. Tilshunos olim, vatandoshimiz Abulqosim Zamaxshariy 
esa: “Odamning sirtiyu botini (ichi) to‘g‘ri, salomat va tuzuk bo‘lsa, 
uning zohiri (tashqarisi) ham sog‘lom bo‘ladi”, deb aytganlar.


– 333 –
Bu insonni komilikka olib chiquvchi xislatdir. Zero, til va qalb-
ning bir bo‘lishi bilan odam rostgo‘y va chin insonga aylanadi. Tili-
da bir gap, qalbida boshqa gap bo‘lsa, u yolg‘onchi sanaladi. Do‘stini 
tilida maqtab, qalbdan uni yomon ko‘rish ikkiyuzlamachilikdir. 
Shu sabab bunday illatdan saqlanish uchun til va qalbni bir qilish
makkorlik, ayyorlik va yolg‘onchilikdan saqlanish kerak.
Va’dasi ustidan chiqish
y farzand, shuni bilki, berilgan va’da qarz kabidir. Olingan 
qarzni uzish, uni vaqtida qaytarish shart bo‘lganidek, 
va’dasiga vafo qilish haqiqiy insonga xos fazilatdir. Va’dasi ustidan 
chiqadigan bolalarni “yaxshi bola”, “aqlli bola” deya ta’riflanadi. 
Va’da berib, unutib yuboradigan bolalarni hamma “subutsiz”, 
“va’daboz” deb yomonlaydi. Shuning uchun va’daga e’tiborli 
bo‘lib, to‘g‘ri so‘z bo‘lishga harakat qilish kerak.
Yaxshi bolalar va’da bermasalar ham biron narsani bajarishga 
harakat qiladilar. Ming marta va’da berib, unga e’tibor bermay 
yuradigan bolalarga odamlar har qachon ishonmay qo‘yadi. 
Odamlar nazaridan qolish juda yomon narsa. Kim odamlar 
ishonchini yo‘qotsa, hayotda ko‘p qiyinchiliklarga uchraydi. Zero, 
sen hali ulg‘ayib, katta-katta ishlarni amalga oshirishing kerak. 
Bunda to‘g‘riso‘zlik, va’daning ustidan chiqish kabi fazilatlar 
senga juda kerak. Shunday ekan, va’da bersang, uni albatta bajar! 
Qila olmaydigan ishni “bajara olaman!” deb katta gapirma! 
Faqat kuching etadigan ishga kirish, va’da berishdan oldin uni o‘z 
vaqtida bajarishga ham e’tiborli bo‘l!

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling