Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hasaddan uzoq bo‘ling!
Qadriga etish – biron narsaning qiymatini bilish,
avaylash. Avaylab-asrash – ehtiyot qilish, saqlash, ozor va shikastlardan himoya qilish. Havas qilib yashang! olalar, havas deganda yaxshi insonlardagi fazilat va xislatlarni ko‘rib, ularni o‘zimizda ham bo‘lishini xohlash tushuniladi. Havas qilish bizlarni shunday yaxshi sifatlarga intilishga chorlaydi. Havas qilib yashaydigan bolalar doim harakatchan va tirishqoq bo‘ladilar. Havas qilish turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, bir o‘rtog‘imiz ota-onasining gapiga quloq tutib, ularni hurmat qiladi. Shu sabab ota-onasi ham u bolani juda yaxshi ko‘rishadi. Ular baxtli hayot kechiradilar. Mana shu o‘rtog‘imizga havas qilsak, arziydi. Yana bir o‘rtog‘imiz ota-onasidan olgan pullarini tejab-tergab ishlatadi, pulni behuda sarflamaydi, faqat kitob, daftar kabi kerakli narsalarga sarflaydi. Uning bu tejamkorligi maqtovga loyiqdir. Biz ham unga o‘xshashni havas qilsak arziydi. Pulni tejab ishlatsak, ota-onamizning topgan pullariga baraka kiradi, – 344 – o‘zimiz ham foydasiz xarajatlardan saqlanamiz, isrofdan uzoq bo‘lamiz. Hayotda havas qilsa arzigulik insonlar ko‘p. Ilm-ma’rifatli, olimu fuzalolarga havas qilish naqadar yaxshi! Yana kuchli, baquvvat kishilarga, vatan va millatini dushmanlardan qo‘riqlaydigan askarlarga havas qilish ham yaxshidir. Demak, aziz bolajonlar, hayotda yaxshi insonlarga havas qilib yashasak, faqat ezgulik va yutuqlarga erishamiz. Hasad bilan yashagan odamlar esa yomonlik sari qadam qo‘ygan bo‘ladilar... Hasaddan uzoq bo‘ling! asad eng yomon illat. Bolalar, hasad nimaligini bilasizlarmi? Hasad bu bir kishidagi yaxshi xususiyatlar va yutuqlarni ko‘ra olmaslik va undagi yutuq va yaxshilikning yo‘q bo‘lishini xohlashdir. Hasad ko‘ngli qora, qalbi toshdek qattiq kimsalarning ishidir. Hasad insonni xudbin, faqat o‘zi haqida o‘ylab, o‘zgalar bilan ishi bo‘lmasligiga sababdir. Hasadgo‘y biron natijaga erishganlarni oyog‘idan chalib, ularga zarar etkazishga urinadi. Bu eng yomon odat. Hasadgo‘y havas qilish nimaligini bilmaydi. Havas qiladigan odam o‘ziga ham shunday yaxshilik berilishini xohlasa, hasadgo‘y esa odamlardan bu yaxshilik olinib, faqat o‘zigagina berilishini istaydi. Bu xudbinlik va ichiqoralikdan boshqa narsa emas. Demak, bolalar, biz hasaddan uzoq bo‘lishimiz, kek va adovatdan saqlanishimiz kerak ekan. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling