Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Insoniy fazilatlar quyidagilardir
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamtarinlik - ziynat
- Foydali nasihatlar
- Saroy qaerda
Insoniy fazilatlar quyidagilardir:
1. Islomiyat. 2. Diyonat. 3. Ota-onani hurmat qilish. 4. Ilm-ma’rifat. 5. Idrok, fahm-farosat. 6. Sabr-qanoat. 7. Tartib-intizom. 8. Vijdon. 9. Vatanni sevish. 10. Adolatli bo‘lish. 11. Oliy himmat. 12. Tilni yomon so‘zlardan saqlash. 13. Sir saqlay bilish. 14. Iffatli bo‘lish, odamlar qo‘lidagi narsalardan ta’ma qilmaslik. – 341 – 15. Muloyimlik. 16. Xayrixohlik (odamlarga yaxshilikni istash). 17. Avf, kechirimli bo‘lish. 18. G‘ayrat, shijoat. 19. Viqor, salobatli bo‘lish... Kamtarinlik - ziynat nson o‘zini boshqalardan ortiq deb bilmasligi, o‘zini aqlli, o‘zgalarni aqlsiz deb tasavvur qilmasligi, har qanday yaxshi ishni o‘ziga loyiq va o‘zgalarga noloyiq deb hisoblamasligi zarur. Kim yuqoridagi illatlarga qo‘l ursa, demak u o‘zini o‘ylaydigan xudbin boladir. Xudbin odam faqat o‘zini o‘ylaydi, o‘zgalar bilan ishi yo‘q. Ularga o‘z xatolari ko‘rinmaydi. Agar ko‘rsalar ham uni kamchilik deb hisoblamaydi yoki tan olishni istamaydi. Boshqalarning fazilatlarini ko‘rsalar yoki eshitsalar, bundan g‘azablanadilar. Agar boshqalarda biron kamchilik ko‘rib qolsalar, darrov shov-shuv ko‘tarib, buni hammaga oshkor qiladilar. Ey farzand, sen bunday kamchiliklardan uzoq yur. Doim kamtarin bo‘l, faqat o‘z aybingni ko‘r, o‘zgalarni tekshirib, ortidan ayb qidirib yurma. Agar birovning aybini ko‘rib qolsang, bir o‘ziga aytib, uni to‘g‘rilashga harakat qil. Zinhor manmalik ko‘chasiga kirma, qilgan ishing va aytgan gaping zo‘r bo‘lganda ham kekkayma. Manmanlik insonni xorlikka etaklaydi. Kamtarlik seni ulug‘ martabalarga erishtiradi. Zero, kamtarga kamol, manmanga zavol, deydi xalqimiz. Foydali nasihatlar 1. Kimda-kim manmanlik qilib o‘zini yuqori tutsa, uni na xalq va na Tangri sevadi. 2. Kibr va g‘ururdan uzoq bo‘l. Kibr kishini el orasida xor, beqadr va bee’tibor qiladi. 3. Birov seni o‘zingda yo‘q sifatlar bilan maqtasa, unday odamga ishonma, chunki u senda yo‘q yomon sifatlar bilan boshqa joyda seni yomonlashi mumkin. – 342 – Saroy qaerda? (Ibratli hikoya) azrati Umar xalifaligi davrida xalqidan ajramas va ular qatorida hayot kechirardi. Kamtarin bo‘lganidan o‘zi uchun taxt qurdirmagan edi. Vizantiyalik bir hokim hazrati Umarning ziyoratiga kelib, uni qidira boshladi. Qarasa shaharda na saroy va na bir dang‘illama uy bor. Yo‘lda bir odamdan: “Xalifangiz qaerda?” deb so‘radi. Yo‘lovchi: “Xalifamiz shu erda, qumlar ustida yotibdi”, debdi. Shunda hokim juda ham hayratda qolibdi. – Eron va Hindga farmon jo‘natgan xalifa shumi? Toju taxti, saroyi yo‘qmi? Posbonlar bilan qo‘riqlaydigan odamlari yo‘qmi? Bizning o‘lkamizda bo‘lsaydi, kattakon saroylari bo‘lardi. Shunchalik kamtarlik ham bo‘ladimi? – deb yoqa ushlab qolibdi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling