– 333 –
Bu insonni komilikka olib chiquvchi xislatdir. Zero, til va qalb-
ning bir bo‘lishi bilan odam rostgo‘y va chin insonga aylanadi. Tili-
da bir gap, qalbida boshqa gap bo‘lsa, u yolg‘onchi sanaladi. Do‘stini
tilida maqtab, qalbdan uni yomon ko‘rish ikkiyuzlamachilikdir.
Shu sabab bunday illatdan saqlanish uchun
til va qalbni bir qilish,
makkorlik, ayyorlik va yolg‘onchilikdan saqlanish kerak.
Va’dasi ustidan chiqish
y farzand,
shuni bilki, berilgan va’da qarz kabidir. Olingan
qarzni uzish, uni vaqtida qaytarish shart bo‘lganidek,
va’dasiga vafo qilish haqiqiy insonga xos fazilatdir. Va’dasi
ustidan
chiqadigan bolalarni “yaxshi bola”, “aqlli bola” deya ta’riflanadi.
Va’da berib, unutib yuboradigan bolalarni hamma “subutsiz”,
“va’daboz” deb yomonlaydi. Shuning uchun va’daga e’tiborli
bo‘lib, to‘g‘ri so‘z bo‘lishga harakat qilish kerak.
Yaxshi bolalar va’da bermasalar ham biron narsani bajarishga
harakat qiladilar. Ming marta va’da berib, unga e’tibor
bermay
yuradigan bolalarga odamlar har qachon ishonmay qo‘yadi.
Odamlar nazaridan qolish juda yomon narsa. Kim odamlar
ishonchini yo‘qotsa, hayotda ko‘p qiyinchiliklarga uchraydi. Zero,
sen hali ulg‘ayib, katta-katta ishlarni amalga oshirishing kerak.
Bunda to‘g‘riso‘zlik, va’daning ustidan
chiqish kabi fazilatlar
senga juda kerak. Shunday ekan, va’da bersang, uni albatta bajar!
Qila olmaydigan ishni “bajara olaman!” deb katta gapirma!
Faqat kuching etadigan ishga kirish, va’da berishdan oldin uni o‘z
vaqtida bajarishga ham e’tiborli bo‘l!
Do'stlaringiz bilan baham: