Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Bolalar lug‘ati
Havas – qiziqish, ishtiyoq, intilish, rag‘bat, 
birovlar erishgan yutuqlar o‘zida ham bo‘lishini orzu 
qilish.
Hasad – odamlardagi yaxshiliklarni ko‘rolmaslik, 
ichiqoralik.
Hasadgo‘y – hasad qiluvchi, qalbi hasadga to‘la odam.
Xudbin – o‘zini o‘ylovchi, hamma narsadan o‘z foydasini 
ustun qo‘yuvchi.


– 345 –
Ichiqoralik – dili buzuqlik, hasadgo‘ylik, birovning yutuqlarini 
ko‘ra olmaslik.
Foydali nasihatlar
1. Hasad va g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga 
kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira qilib yuboradi.
2. Olov o‘zidan-o‘zi yonib kul bo‘lgani kabi 
hasadchining jasadi hasad o‘tidan erib, barbod 
bo‘ladi.
3. Odamzot hasad qilmasligi kerak, havas qilishi 
kerak. Havas qilgan odam murodiga etadi.
4. Hasadchida rohat yo‘q.
Ota-bobolarimiz o‘gitlari
urmatli bolalar, mana kitobimizning oxiriga ham etib 
keldik. Siz ushbu kitobni o‘qish orqali o‘zingizga kerakli 
ko‘p ma’lumotlarni bilib oldingiz, shundaymi? Endi ota-
bobolarimizning qimmatli pand-nasihatlaridan bir qanchasini 
keltiramiz. Ularni yodlab olishga harakat qiling:
– Ikki toifa odam doimo boydir, hech kambag‘al bo‘lmaydi: 
biri – olim, ikkinchisi – qanoat egasi.
– Ikki narsa borki, ozi ham ko‘pdir: birinchisi – adovat, 
ikkinchisi – chaqimchilik.
– Ikki narsa qalbni buzadi: biri – ko‘p ovqat eyish, ikkinchisi – 
ko‘p uxlash.
– Ikki narsa insonni tez ado qiladi: biri – ahmoqlik, ikkinchisi 
– axloqsizlik.
– Ikki narsani kishi o‘zidan quvishi qiyin: biri – soya, ikkinchisi 
– badfe’llik.
– “Nima desam ekan” deb andisha qilish “nega aytdim” deb 
pushaymon bo‘lishdan yaxshiroq.
– Uch narsani unutgan odam aqlli emas: dunyoning 
o‘tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o‘limdan hech kim 
qutulib qola olmasligini.


– 346 –
– Hakimlarning aytishicha, odamlar uch guruhga, ya’ni 
aqllilarga, yarim aqllilar va nodonlarga bo‘linadilar. Aqlli shunday 
kishiki, biron voqea yuz bermasdan avval undan qutulishning 
chora-tadbirini o‘ylab ish tutadi. Odamlar oxirida qiladigan ishni 
u oldindan qilib qo‘yadi. Yarim yoki o‘rta aqlli shunday kishiki, 
biron hodisa yuz bersa, esankirab qolmaydi, undan qutilish 
chorasini qidiradi va shu tufayli bu balo domidan ozodlikka 
erishadi. Nodon shunday kishiki, biron noxush voqea yuz bersa, 
undan qutilish yo‘llarini qidirish o‘rniga dod-voy qilish bilan 
cheklanadi.
– Uch sifat uch xil natija keltiradi: muloyimlik – ulug‘ martaba, 
qanoat – rohat, tavoze’ – e’zoz keltiradi.
– Uch narsa inson uchun juda zarur: qahru g‘azab vaqtida 
o‘zini tuta bilish, boshga kulfat tushganda betoqat bo‘lmay sabr 
qilish va xayrli ishlarga shoshilish.
– Uch ne’mat qadriga uch toifa odam etadi: yoshlik qadriga 
qarilar, salomatlik qadriga bemorlar va xotirjamlik qadriga g‘am-
tashvishli kishilar.
– Aqlli kishida uchta xislat bo‘ladi: biron narsa so‘ralsa, odob 
bilan javob beradi, birovdan yomonlik ko‘rsa ham yaxshilik qiladi, 
xalqi uchun foydali fikrlarni olg‘a suradi.
– Uch xil kishining xizmatidan bo‘yin tovlamaslik kerak: ota-
ona, mehmon va bemor xizmatidan.
– Bir ulug‘ kishi shunday dedi: “Kishining qalbida to‘rtta gavhar 
bo‘lib, bu to‘rt gavharning to‘rtta dushmani ham bor. Birinchisi aql 
gavharidir, uning dushmani g‘azabdir. Ikkinchisi ilm gavharidir, 
uning dushmani takabburlikdir. Uchinchisi qanoat gavhari, uning 
dushmani hirsdir. To‘rtinchisi saxiylik gavhari, uning dushmani 
ta’madir”.


– 347 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling