Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Bolalar lug‘ati
Sabrli – chidamli, bardoshli, irodali, qat’iyatli, 
Vazmin – og‘ir, bosiq, salobatli.


– 336 –
Foydali nasihatlar
1. Aytilishicha, odamlarning baxtlirog‘i quyida-
gilardir:
qalbi ilmga tashna kishilar;
– jismi sabr qiluvchi kishilar;
– qo‘lida bor narsaga qanoat qiluvchi kishilar.
2. Sabrning avvali achchiq, oxiri esa shirin.
3. Yomon kunda sabr qilgan odam yaxshi kunga tez etadi.
4. G‘azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir.
5. Javobning yumshog‘i g‘azabni so‘ndiradi, so‘zning qattig‘i 
odamni o‘ldiradi.
6. Shoshqaloqlik bu adashgan odamlarning ishi, sabrlilik esa ezgu 
odamlarning ishidir.
7. Sabrli bo‘l, murodga etasan.
8. Yaxshilarning darajasiga aziyat va mashaqqatlarga sabr qilish 
orqali erishiladi.
9. Agar mehnat-mashaqqat yoki qayg‘u-alam duch kelsa, sabr bi-
lan qarshi olsang, uning ortidan yana shodlik keladi.
10. Ishning fursatini kutish, shoshilmaslik kerak, hamma ish vaq-
ti-soati kelganda bitadi.
Qanoatli bo‘lish fazilati
anoat insonni boyitadi. Faqat shunday bo‘lishiga 
ko‘pchilik shubha bilan qaraydi. Qanoat so‘zi qo‘lidagi 
mavjud narsaga rozi bo‘lib, taqdiriga yozilganidan boshqasiga ko‘z 
tikmaslik ma’nosini bildiradi. Ba’zilar qanoatni noto‘g‘ri tushunib, 
uni dangasa bo‘lib o‘tirishdir deb o‘ylaydi. Qanoat o‘ziga ato 
etilgan narsaga rozi bo‘lish, boshqalar mulki va rizq-nasibasiga 
ko‘z olaytirmaslikdir. Bu zinhor g‘ayrat-shijoatga teskari emas. 
Mashhur sahoba Sa’d ibn Abu Vaqqos o‘g‘liga shunday deb 
nasihat qilibdi:
– O‘g‘lim boy bo‘lishni istasang, boylik bilan birga qanoat 
ham so‘ra. Chunki qanoatsiz odam boy bo‘lolmas. Qanoat esa 
bitmas-tuganmas boylik dir.


– 337 –
Aziz bolalar, bir e’tibor bering: tishlarimiz, bo‘yimiz ma’lum bir 
o‘lchovga etgach, o‘sishdan to‘xtaydi, to‘g‘rimi? Agar a’zolarimiz 
o‘sishda davom etaversa nima bo‘lardi?!
Xotiramiz ma’lum bir miqdorda ma’lumotni qabul qiladi. 
Undan ortig‘ini sig‘dira olmaydi.
Olma tarvuz kabi yiriklashmaydi. Yomg‘ir keragidan ortiq 
yog‘sa, qanday oqibatlarga olib keladi? Demak, hamma narsaning 
o‘z me’yori bor. Qanoat insonga o‘sha me’yorda yashashni 
o‘rgatadi. Qanoatning ziddi ochko‘zlikdir. Ochko‘zlik insonni 
halokatga olib borishiga hayotiy misollar keltiramiz:
Bir haydovchi manzilga tezroq etib olay, deb tezlikni oshiribdi 
va oqibatda avtohalokatga uchrabdi. Bir yigit kuchli bo‘laman, 
deb keragidan ortiq ovqat eyaverganidan o‘zini ham ko‘tara 
olmaydigan darajada semirib ketibdi.
Inson to‘xtashi kerak bo‘lgan nuqtani bilishi kerak. Bu nuqtani 
qanoat belgilab beradi. Ochko‘zlik esa chegaradan chiqishga va 
ko‘ngilsizliklar tomon yo‘l olishga sabab bo‘ladi.
Demak, hayotda hamma narsa o‘z me’yorida bo‘lishi yaxshi 
ekan. Qanoatni o‘ziga shior qilib olgan inson ham mana shu 
mezon asosida hayot kechirgan bo‘ladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling