Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘z tikish
- Ochko‘zlik oqibati
Bolalar lug‘ati
Qanoat – shukr qilish, boriga rozi bo‘lish, ozi bilan ham kifoyalanish, mamnunlik, qoniqish hissi. Taqdir – Alloh tarafidan oldindan belgilab qo‘yilgan qismat (taqdir Allohning bandalar nima amallar qilishini bilishidir, aslo birovni ishga majburlash emas). Ko‘z tikish – birovlarning narsasiga yomon nazar bilan qarash. (Bu so‘z «kutish» ma’nosida ham keladi) Foydali nasihatlar 1. Kishi uchun eng foydali va dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va g‘azabdir. – 338 – 2. Qanoat barcha mamlakatlar unga tobe bo‘lgan mamlakatdir. Qanoat shunday bir mamlakatki, hech kim unga zarar etkaza olmaydi. Kim unga egalik qilsa, hech bir narsaga muhtoj bo‘lmaydi, baxtli hayot kechiradi. Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik ham qanoatdir. 4. Ko‘zi suq uchun butun dunyo ham kifoya qilmaydi, boriga qanoat qiluvchi kishi baxtli hayot kechiradi. 5. Ko‘zi to‘q odam har narsaga suqlanavermaydi, bir odam bir narsali bo‘lsa, unga havas qilavermaydi. 6. Tana va nafsga erk berma, bo‘yin egma, uning istaklari ermak va o‘yin, u alam va qayg‘u keltiradi. 7. Taomga ortiq darajada hirs qo‘yish xudbinu pastkash kishilarning axloqlaridandir. Ochko‘zlik oqibati (Hikmat) uhammad ibn Yamoniy shunday dedi: “Olti kishidan olti narsa haqida so‘raganimda bir xil javob olganim uchun bir umr ro‘za tutishni ixtiyor qildim. Tabiblardan: “Kasalliklarga eng shifoli narsa nima?”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz eyish”, deyishdi. Donishmandlardan: “Hikmat izlashda qaysi narsa ko‘proq yordam beradi?”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz eyish”, deyish- di. Obidlardan: “Alloh ibodatida ko‘proq qaysi narsa foydaliroq”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz eyish”, deyishdi. Zohidlardan: “Zuhdga qaysi narsa ko‘proq undaydi”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz eyish”, deyishdi. Ulamolardan: “Ilm olishda qaysi narsa eng afzali”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz eyish”, deyishdi. Podshohlardan taom va ishtaha ochuvchining eng yoqimlisi haqida so‘raganimda, ular ham: “Ochlik va oz eyish”, deyishdi”. * * * Imom Shofe’iy: “O‘n yildan beri to‘yib ovqat emadim. Chunki to‘yib eyish badanni og‘irlashtiradi, zakovatni (aql-idrokni) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling