Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Shukr qilish fazilati
ziz bolalar, bilasizki, biz foydalanadigan barcha narsalarni 
mehribon Alloh taolo beradi. Bular evaziga U Zotga shukr 
qilib, o‘sha ne’matlarni faqat yaxshilik yo‘lida ishlatishimiz kerak. 
Bir inson sizga ikki dona olma sovg‘a qilsa, bundan qanchalik 
quvonasiz. Alloh bizga behisob ne’matlarni ato qilib qo‘yibdi. 
Bularga, albatta, shukr qilish kerak.
Yana o‘zingizga tegishli kitobni do‘stingizga o‘qish uchun 
bersangiz-u, ammo u kitob varaqlarini yirtib, muqovasini kir-chir 
qilib qaytarib bersa, qanchalik jahlingiz chiqadi. Shunday ekan, 
bizlar ham berilgan ne’matlarni avaylab-asrab, uni o‘z holicha 
saqlash va tanamizni turli illatlardan himoya qilishimiz lozim. 
Buning uchun ichkilik, tamaki chekish, sog‘liqqa zararli narsalarni 
iste’mol qilishdan uzoq bo‘lib, qabih ishlardan saqlanishimiz va 
kompyuter o‘yinlarini ko‘p o‘ynashdan ehtiyot bo‘lishimiz kerak.
Bolalar, bizning tana a’zolarimiz bahosi yo‘q ne’matlardir. 
Yorug‘ olamni ko‘rish uchun berilgan ikki ko‘zimiz qanchalik 


– 343 –
qadrli, to‘g‘rimi? Ko‘zning qadriga undan judo bo‘lganlar etadi, 
deyishadi. Ammo aqlli bolalar ko‘z va boshqa a’zolar qadriga 
etishi uchun ko‘zlaridan judo bo‘lishi shart emas. Zukko bolalar 
bir yomonlikni u kelmasdan oldin sezib, undan qutulish yo‘lini 
biladilar. Bizning a’zolarimiz ham oltindan qimmatroqdir. Chunki 
oltinni pulga sotib olinsa ham, biroq tana a’zolarining sog‘lig‘ini 
qaytarib bo‘lmaydi. Shunday ekan, bizga ato etilgan har bir 
ne’matni avaylab-asrashimiz, uni faqat yaxshilik va ezgulik yo‘liga 
ishlatishimiz lozim.
Bolalar lug‘ati
Shukr qilish – minnatdorlik izhor qilish, maqtov 
aytish (ne’matlarni bergani uchun Allohga maqtov 
aytib, o‘sha ne’matni yaxshi ishlarga sarflash shukrdir).

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling