Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Insoniy fazilatlar quyidagilardir


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Insoniy fazilatlar quyidagilardir:
1. Islomiyat.
2. Diyonat.
3. Ota-onani hurmat qilish.
4. Ilm-ma’rifat.
5. Idrok, fahm-farosat.
6. Sabr-qanoat.
7. Tartib-intizom.
8. Vijdon.
9. Vatanni sevish.
10. Adolatli bo‘lish.
11. Oliy himmat.
12. Tilni yomon so‘zlardan saqlash.
13. Sir saqlay bilish.
14. Iffatli bo‘lish, odamlar qo‘lidagi narsalardan ta’ma qilmaslik.


– 341 –
15. Muloyimlik.
16. Xayrixohlik (odamlarga yaxshilikni istash).
17. Avf, kechirimli bo‘lish.
18. G‘ayrat, shijoat.
19. Viqor, salobatli bo‘lish...
Kamtarinlik - ziynat
nson o‘zini boshqalardan ortiq deb bilmasligi, o‘zini aqlli, 
o‘zgalarni aqlsiz deb tasavvur qilmasligi, har qanday yaxshi 
ishni o‘ziga loyiq va o‘zgalarga noloyiq deb hisoblamasligi zarur. 
Kim yuqoridagi illatlarga qo‘l ursa, demak u o‘zini o‘ylaydigan 
xudbin boladir. Xudbin odam faqat o‘zini o‘ylaydi, o‘zgalar 
bilan ishi yo‘q. Ularga o‘z xatolari ko‘rinmaydi. Agar ko‘rsalar 
ham uni kamchilik deb hisoblamaydi yoki tan olishni istamaydi. 
Boshqalarning fazilatlarini ko‘rsalar yoki eshitsalar, bundan 
g‘azablanadilar. Agar boshqalarda biron kamchilik ko‘rib qolsalar, 
darrov shov-shuv ko‘tarib, buni hammaga oshkor qiladilar.
Ey farzand, sen bunday kamchiliklardan uzoq yur. Doim 
kamtarin bo‘l, faqat o‘z aybingni ko‘r, o‘zgalarni tekshirib, ortidan 
ayb qidirib yurma. Agar birovning aybini ko‘rib qolsang, bir o‘ziga 
aytib, uni to‘g‘rilashga harakat qil. Zinhor manmalik ko‘chasiga 
kirma, qilgan ishing va aytgan gaping zo‘r bo‘lganda ham 
kekkayma. Manmanlik insonni xorlikka etaklaydi. Kamtarlik seni 
ulug‘ martabalarga erishtiradi. Zero, kamtarga kamol, manmanga 
zavol, deydi xalqimiz. 
Foydali nasihatlar
1. Kimda-kim manmanlik qilib o‘zini yuqori 
tutsa, uni na xalq va na Tangri sevadi.
2. Kibr va g‘ururdan uzoq bo‘l. Kibr kishini el 
orasida xor, beqadr va bee’tibor qiladi.
3. Birov seni o‘zingda yo‘q sifatlar bilan maqtasa, 
unday odamga ishonma, chunki u senda yo‘q yomon 
sifatlar bilan boshqa joyda seni yomonlashi mumkin.


– 342 –
Saroy qaerda?
(Ibratli hikoya)
azrati Umar xalifaligi davrida xalqidan ajramas va ular 
qatorida hayot kechirardi. Kamtarin bo‘lganidan o‘zi 
uchun taxt qurdirmagan edi.
Vizantiyalik bir hokim hazrati Umarning ziyoratiga kelib, uni 
qidira boshladi. Qarasa shaharda na saroy va na bir dang‘illama 
uy bor.
Yo‘lda bir odamdan: “Xalifangiz qaerda?” deb so‘radi. Yo‘lovchi: 
“Xalifamiz shu erda, qumlar ustida yotibdi”, debdi.
Shunda hokim juda ham hayratda qolibdi.
– Eron va Hindga farmon jo‘natgan xalifa shumi? Toju taxti, 
saroyi yo‘qmi? Posbonlar bilan qo‘riqlaydigan odamlari yo‘qmi? 
Bizning o‘lkamizda bo‘lsaydi, kattakon saroylari bo‘lardi. 
Shunchalik kamtarlik ham bo‘ladimi? – deb yoqa ushlab qolibdi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling