Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Bolalar lug‘ati
Va’da – so‘z berish, biron ishni bajarish majburi-
yatini o‘ziga olish.
Va’dasi ustidan chiqish – va’dasiga vafo qilish, 
va’da bergan ishini bajarish.
Va’daboz – quruq va’dalar berib, uni bajar-
maydigan yolg‘onchi.


– 334 –
Qarz – ma’lum muddat o‘tgandan keyin berish sharti bilan 
olingan yoki berilgan narsa (“va’da qarzdir”, deganda “va’da ber-
gandan keyin uni bajarish lozim” ma’nosi tushuniladi).
Foydali nasihatlar
1. “Munofiqning belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, 
va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat 
qilish”.
2. Va’da berib bajarmaslik naqadar yomon ish, 
gapirmay turib ish bajarish esa qanday chiroyli!
3. Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.
4. Aytib qo‘yib bermaydigan narsani tiling bilan aytmagin, va’da 
berib qo‘ygandan so‘ng o‘z va’dangdan qaytmagin.
5. O‘z va’dasida turmaganda turli sabablarni keltiruvchi kimsa 
hech qachon mard va himmatli bo‘lolmaydi.
6. Vaqti-soati o‘tgandan so‘ng bajariladigan va’dadan hech bir 
yaxshilik bo‘lmaydi.
Ishonchli Muhammad
(Ibratli hikoya)
ir kuni Rasuli Akram alayhissalom Abdulloh ibn Abu 
Hamsa bilan tayinli vaqtda ko‘rishishga va’dalashdilar. 
Payg‘ambarimiz alayhissalom u joyga kechikmay etib keldilar. 
Ammo Abdulloh ibn Abu Hamsa bergan so‘zini unutgan edi. 
Ikki kun o‘tib, bergan va’dasi esiga tushadi va etib borganida amin 
(ishonchli-omonatdor) sifati bilan tanilgan Payg‘ambarimiz 
alayhissalom u erda kutib turganlarini ko‘rib hayratlanadi. 
Shundan keyingina bergan va’dasida turish naqadar muhim 
ekanini tushunib etdi.
Sabrli bo‘lishni o‘rganing!
urmatli bolalar! Shuni yaxshi bilib olingki, sabrli va 
vazmin bo‘lish turli xatolardan saqlaydi. Zero, gunoh va 
xatolar ko‘p hollarda shoshilish oqibatida sodir etiladi. Sabrli 


– 335 –
odam har bir so‘zini obdon o‘ylab, keyin gapiradi. Bu bilan u 
odamlar ko‘ngliga og‘ir botadigan gap-so‘zlardan tiyiladi va 
boshqa zararlardan omon qoladi.
Vazmin bo‘lishni unutgan odam o‘z omadini qo‘ldan boy 
beradi. Chunki omad aynan shoshilmaslik va aql-idrokni to‘g‘ri 
ishlatish natijasida bir qarorga kelishdadir. Shoshilish oqibatida 
chiqarilgan har qanday hukm ko‘p hollarda noto‘g‘ri bo‘ladi. 
Shoshib amalga oshirilgan ish afsus-nadomatga olib boradi. Dono 
xalqimiz bejizga “avval o‘yla, keyin so‘yla” demagan. Bunda ham 
har bir gapni shoshilmasdan va o‘ylab gapirishga chaqirilmoqda. 
Har qanaqa holatda ham sabrli va vazmin bo‘lish va jiddiy 
munosabat bildirish faqat yutuq va g‘alaba keltiradi. Ayniqsa, 
shoshqaloq bolalar darslarini chala-chulpa bajarib, ko‘p xatolarga 
yo‘l qo‘yadilar. Uy vazifasini sabr-toqat ila bajargan bolaning 
ishidan uning o‘qituvchilari ham xursand bo‘lishadi.
Sabr barcha mehnat va og‘irlikni engish va chidamli bo‘lishdan 
iborat. Nochor ahvolda bo‘lsa ham o‘zini badavlat kishidek tutish, 
duch kelgan odamga hol-ahvolidan shikoyat qilavermaslik, qiyin 
holatlarda ham o‘zini ochiq yuzli qilib ko‘rsatish aynan sabrdir. 
Qahr-g‘azabi kelganda o‘zini bosa oladigan va o‘z nafsini to‘g‘ri 
yo‘lga boshlaydigan kishi eng kuchlidir.
Ey farzand, sen maktabda va boshqa joyda ham birovning 
savoliga javob berishga shoshilma, zero sen biladigan narsang 
haqida savol berilsa-yu, ammo shoshqaloqlik qilib, tezroq javob 
berishni o‘ylasang, xato qilib qo‘yishing mumkin. Shu sabab 
savollarga shoshilmasdan, o‘ylab, fikrlab, xayolingni bir joyga 
jamlab javob ber. Shunda marra seniki bo‘ladi. Demak, shuni 
yodda tuting: sabrli va vazmin bo‘lish aqlning boshidir. Zero, 
shoshilish aqlning nuqsonsiz ishlashiga to‘sqinlik qiladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling