Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Bolalar lug‘ati
Omonat – ishonchlilik, to‘g‘rilik, halollik, saqlash 
uchun berilgan narsa
Xiyonat – makr, hiyla, xoinlik, vafosizlik, ahdni 
buzish, birov ishonib topshirgan narsani suiiste’mol 
qilish.
Hikoya
ir kambag‘al odam boylarning biridan sadaqa so‘radi. Boy
bir chaqa bermoqchi bo‘lib, sezmagan holda cho‘ntagidan 
bir tilla tanga chiqarib unga berdi. Bu kambag‘al omonatga 
vafodor odam edi. Shuning uchun boyning orqasidan yugurib 
borib unga dedi:
– Ey xojam, siz menga tilla tanga berdingiz, ehtimol bu yanglish 
bo‘lgandir.
Boy bu kambag‘al kishining omonatdorligidan hayratlanib, 
cho‘ntagidan boshqa bir tilla tangani chiqardi va unga dedi:
– Omonatdorliging va to‘g‘ri so‘zliging mukofoti uchun mana 
bu tilla tangani ham ol!
Aldoqchi Farrux jazo oldi
(Ibratli hikoya)
amol amaki qo‘li bilan ayblanayotgan shaxsni ko‘rsatib:
– Hokim janoblari, men o‘tgan yili safarga ketayotib 
qimmatbaho olmos uzugimni shu odamga omonat qilib tashlab 
ketganman. Endi uni qaytarib berishini so‘rayapman, u esa qaytarib 
bermayapti, – dedi.


– 330 –
Hokim panjara ortida o‘tirgan ayblanayotgan shaxs Farruxdan 
so‘radi:
– Nima uchun uning uzugini qaytarib bermadingiz?
– U aldayapti, u menga hech qanday uzuk bergani yo‘q, – dedi 
Farrux.
Hokim Jamolga yuzlanib:
– Siz uzukni berayotganingizda guvoh bo‘lgan biror kimsa 
bormi?
– Yo‘q, men unga uzukni kashtan daraxtini tagida bergan edim,
u vaqtda bizlar bilan hech kim yo‘q edi.
Hokim Jamolga kashtan daraxtining shohidan sindirib olib 
kelishni buyurdi.
Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng hokim Farruxga yuzlanib shunday 
dedi:
U qaerga ketdi, endi qachon qaytib kelarkin? Derazani oldiga 
borib qarab tursak, qaytib kelayotgan bo‘lsa ko‘rinib qolarmikin?
Farrux joyidan qimirlamasdan shunday dedi:
– U kamida uch soatdan keyin qaytib keladi. Chunki kashtan 
daraxti bu erdan judayam uzoq.
Shunda hokim Farruxga qarab o‘shqirdi:
– Sen nafaqat yolg‘onchisan, balki yana g‘irt ahmoqsan! Agar 
sen uzukni olmagan bo‘lganingda, u daraxt qaerda ekanini ham 
bilmagan bo‘lar eding. Sen mana bu hadisni eshitmaganmisan: 
“Ey insonlar! Hech qachon yolg‘on gapirmanglar! Yolg‘on va 
imon hech qachon birga bo‘lmaydi”.
Hokim Farruxga bu jinoyati uchun og‘ir jazo belgiladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling