Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Chiroqning yog‘i kimniki?
 (Ibratli hikoya)
azrati Umarning xalifalik davrlarida uylariga makkalik bir 
do‘sti mehmon bo‘lib keldi. Qorong‘i kecha edi. Hazrati 
Umar uyida davlat ishlari bilan mashg‘ul edi. Do‘stidan uzr so‘rab, 
biroz kutib turishini aytdi. Davlat ishini bitirganidan keyin, yonib 
turgan chiroqni o‘chirdi va boshqa chiroqni yoqdi. Do‘sti bundan 
hayratlanib, sababini surishtirdi. Hazrati Umar shunday javob 
berdi:
– O‘chirilgan chiroqning yog‘i xazinanikidir, ya’ni davlatniki. 
U davlat ishlari ko‘rilayotgan paytda yonsa, menga halol bo‘ladi. 
Sen esa mening oshnamsan, suhbatimiz ham o‘zimizga tegishli 
bo‘ladi. Shu sababli o‘z pulimga olingan ikkinchi chiroqni yoqib 
qo‘ydim. Davlatning moli xususiy ishlarga qo‘llanilsa, yorug‘lik 
o‘rniga qorong‘ilik va uyat bo‘ladi.
Shijoat va jasorat
y aziz farzand! Bilginki, kimda shijoat ko‘p bo‘lsa, unda 
xilma-xil fazilatlar bo‘ladi. Shijoatli kishini hamma yaxshi 
ko‘radi. Shijoatli kishi jangda ham dushman diliga vahima solib, 
boshqalarni olg‘a yurishga ilhomlantiradi.
Jasorat insonning eng ulug‘ fazilatidir. Qo‘rqoqlik esa eng 
yomon xususiyatdir. Tarixda nomlari qolgan ulug‘ insonlar eng 
jasur va mard kishilar bo‘lishgan. Qo‘rqoq odamning aslo sharafi, 
or-nomusi va qadr-qiymati bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, 
quyon yurakning tarixda yaxshi nomi qolmaydi. Shijoat inson 
sharafini va qadrini ko‘taradi. Qo‘rqoqlik esa pastkash odamlarni 
yanada tubanlashtiradi.
Inson ruhiy tarafdan qancha kamolotga etsa, shuncha jasur 


– 323 –
bo‘ladi. Insonning shijoati va jasorati uning kamolot darajasiga 
bog‘liq.
Aziz bolalar, tilimizdagi “matonat” so‘zi ham “mardlik”, 
“jasurlik”, “shijoat” ma’nolarida qo‘llaniladi. Matonat bu har 
bir insonning o‘z fikrida va so‘zida sabotli bo‘lishi, bir ishga 
qo‘l urganda uni oxirigacha etkazish uchun mahkam turishi va 
barcha ishda sabr qilishdir. Matonatsiz odam bir ishni boshlab, 
biroq salgina qiyinchilikdan so‘ng uni tashlab qo‘yadi. Biron kishi 
uni ozroq koyisa yoki kamchiligini tanqid qilsa, darhol irodasi 
bukiladi va ishonchini yo‘qotadi, shubha ostida qolib, qilayotgan 
yaxshi ishini ham chala qoldiradi.
Bir yigit dengiz qirg‘og‘ida ketayotib bir to‘da odamlarning 
dengizga qarab ishora qilib: “Odam cho‘kyapti, yordam beringlar! 
Yordam beringlar!” deb baqirayotganlarini ko‘rdi. Keyin ular 
ishora qilgan tarafga qaradi. U erda bir kishi goh suvning yuziga 
qalqib chiqib, goh suv ostiga cho‘kib ketardi. Nihoyat uning 
madori qolmadi. Turganlar yig‘lab, bir-birlariga qaradilar. Go‘yo 
ular bu kishini qutqarish uchun o‘z hayotini xatarga soladigan bir 
ulug‘ shijoatli odam haqida bir-biridan so‘rayotgandek edilar.
To‘satdan bu yigit dengizga o‘qdek otilib, suzib ketdi. Nihoyat, 
cho‘kayotgan odamning oldiga etib, uning orqa tomonidan suv-
ga sho‘ng‘idi. Bir lahza o‘tmasdanoq, ikkovi suv yuziga qalqib 
chiqdi. Odamlar bu shijoatli yigitning himmatidan hayratlanib, 
cho‘kayotgan odamning qutulganidan xursand bo‘ldilar. Yigit 
qirg‘oqqa etib kelgach, unga rahmat aytish uchun oldiga keldi-
lar. Cho‘kayotgan odamni qutqarib qolgan bu yigit shijoatli hi-
soblanadi. Chunki shijoat degani o‘z burchini bajarish yo‘lida 
dovyuraklik bilan xatarga qarshi turishdir.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling