– 324 –
Matonat – mustahkamlik, qat’iylik, salobat, bardosh, sabot,
chidam.
Foydali nasihatlar
1. Mard bilan ulfat bo‘lgan murodga etadi,
nomard bilan yaqin yurgan kishi g‘amdan boshi
chiqmaydi.
2. Mard (mo‘min-imonli) odamning va’dasi ham
naqd, ham tez bo‘ladi.
3. Shijoat bu yurakning quvvatidir. Agar tanada
etarli kuch bo‘lib, qalbda shijoat bo‘lmasa, befoydadir. Ammo tana
kuchsizroq bo‘lsa ham, ammo qalbda g‘ayrat-shijoat bo‘lsa, tananing
kuchsizligi ahamiyatsizdir.
4. Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan qo‘rqmaydi.
5. Qo‘rqmasang – yov qochar.
6. Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi odamlarning eng
qo‘rqog‘idir.
7. Jahon ahli shijoatnikidir.
Jasur o‘g‘lon
(Ibratli hikoya)
Ibn Qutayba hikoya qiladiki, Umar ibn Xattob yo‘l bo‘yida
o‘ynayotgan bolalar oldidan o‘tayotgan edi.
Ular orasida yosh
Abdulloh ibn Zubayr ham o‘ynayotgan edi. Hazrati Umarni
ko‘rgan zahoti salobatidan qo‘rqib, bolalar o‘zini chetga olishdi.
Lekin bir bolakay joyida qimirlamay turaverdi.
Undan boshqa
hech kim qolmadi. Mo‘minlar amiri unga yaqin keldi-da, tabassum
qilib:
– Nega do‘stlaring kabi sen ham chetga chiqmading? – deb
so‘radi. Bola hazrati Umarga:
– Ey mo‘minlar amiri, aybim yo‘qki, sizdan qo‘rqsam, yo‘l ham
tor emaski, sizga bo‘shatay desam, – deya mag‘rur javob qildi.
Bolaning shijoatidan hazrati Umar xursand bo‘ldi. Kelajakda ulug‘
– 325 –
inson bo‘lishiga umid bog‘ladi. Yillar o‘tib, bu umid haqiqatga
aylandi. Bola ulg‘ayib, zamonaning ulug‘laridan biri – sarkarda
Abdulloh ibn Zubayr bo‘lib etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: