Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Rostgo‘ylik fazilati
y farzandim, agar do‘stingdan yangi olgan kiyimining 
narxini so‘rasang, u senga sotib olgan narxini to‘g‘ri 
aytsa, u to‘g‘ri so‘zdir. Agar narxiga ozgina bo‘lsa ham qo‘shib 
aytsa, demak, u yolg‘onchidir. Agar senga bir do‘sting va’da qilib 
va’dasida qat’iy tursa, u va’dasiga sodiqdir. Agar va’dasida qat’iy 
turmasa, u yolg‘onchidir.


– 331 –
Agar ustoz bir o‘quvchiga uyda masala echib kelishni topshirsa
u dangasalik qilib boshqa o‘quvchining daftaridan masala 
javobini ko‘chirib olsa va ustoziga masalani o‘zim echdim, desa, 
u yolg‘onchidir. Agar maktab direktori bir o‘quvchini guvohlik 
berish uchun chaqirsa va u eng qadrdon do‘stining zarariga bo‘lsa 
ham haqiqatni ochiq aytsa, u to‘g‘ri so‘zdir. Agar guvohlik berishda 
biron narsani qo‘shsa yoki kamaytirsa, u yolg‘onchidir.
Mana shu misollardan ko‘rayapsanki, to‘g‘rilik so‘z yoki 
amalning haqiqatga to‘g‘ri kelishidir. Sen maktabga bormaslik 
uchun yolg‘ondan o‘zingni betob qilib ko‘rsatishing yoki 
bilmaydigan narsang haqida xabar berishing yoki yolg‘on 
gapirayotganini bila turib birovni yolg‘on gapirishiga indamay 
qarab turishing bularning barchasi yolg‘onchilikdir.
To‘g‘ri so‘zlash foydalaridan biri shuki, rost so‘zlagan inson 
ko‘pchilik muhabbatini va ishonchini qozonadi. Shuning uchun 
rostgo‘y o‘quvchini ota-onasi ham, ustozlari ham birday yaxshi 
ko‘radilar. Odamlar har doim rostgo‘y tijoratchi bilan oldi-sotdi 
qilishni xohlaydi. Oldiga odamlar borganlari uchun to‘g‘riso‘z 
hunarmand xalqqa taniladi. Agar rostgo‘ylik bo‘lmaganda 
xalqning ahvoli buzilib, tarix, jo‘g‘rofiya va shunga o‘xshash 
kitoblarda etib kelgan xabarlarga odamlarning ishonchi yo‘qolgan 
bo‘lar edi. Rostgo‘ylik insonni omonat, ochiqlik va va’daga vafo 
qilish kabi ko‘p fazilatlar bilan sifatlanishga chaqiradi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling