Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kundalik ishlarni tartibga solish
- Bolalar lug‘ati Tartibga solish
Foydali nasihatlar
1. Yoshlik toshqin suv, sug‘oriladigan ekinzoringizni sug‘orib qolmasangiz o‘tib ketadi. Keyin keksalikning ko‘zoynagini taqib, igna bilan quduq qazishdan ish chiqmaydi. 2. Sizlarda yoshlik kuch-quvvati bor ekan, uni zoe ketkazmasdan burchingizni bajarishga sarflang. 3. Yoshlik sofligini saqlab qolishning eng yaxshi yo‘li – yomon xislatlarga ko‘ngildan o‘rin bermaslik, bolalikni saqlab qolish. Bolalik sofligini saqlab qolgan kishilar dunyoda eng baxtlidir. Kundalik ishlarni tartibga solish shlash, dam olish va boshqa zaruriy yumushlarni bajarish vaqtlarini tartibga keltirish yuksalishning eng ulug‘ dasturidir. Tartibsiz va pala-partish ishlarda doim kamchilik – 297 – bo‘ladi. Bu insonning qoloqlikka qarab ketishiga, ishlaridan unum va baraka ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, hozirgi tezkor zamonda har bir ishni o‘z vaqtida bajarish, dam olish va boshqa kerakli yumushlarga ham vaqt ajrata bilish talab etiladi. Tartibli yashash inson umrini barakali qiladi. Vaqt qadrini bilmagan bola o‘z qadrini ham yo‘qotadi. Vaqtning besh daqiqasi ham katta ahamiyatga ega. Chunki shu besh daqiqalar yig‘ilsa, soatlarga, soatlar kunlarga, kunlar haftalar, haftalar oylarga, oylar esa yillarga aylanadi. Umrimiz yillardan iborat. Shunday ekan, umrimizning kichik bo‘lagini ham behuda ishlarga sarflamasligimiz lozim. Bolalar lug‘ati Tartibga solish – tartibli holga keltirish. Zaruriy yumush – kerakli va muhim ish. Pala-partish – tartibsiz, betartib, chala-chulpa, o‘ylamay-netmay qilingan ish. Tejamkorlik liga otasidan katta boylik meros bo‘lib qoldi. Shu boylik evaziga Ali va uning oilasi otasidan keyin ham yaxshi yashay boshladi. Lekin u o‘zini ko‘rsatishga va boylarga o‘xshashga harakat qilardi. Shuning uchun u qimmatbaho mashina sotib oldi, chiroyli qasrdek hovlida yashashni istab qoldi, o‘yin-kulgularga berilib ketdi. Natijada kirimidan ko‘ra ko‘proq pul sarflay boshladi. Puli qolmagach, ba’zi banklardan qarz olishga o‘tdi. Hatto bo‘ynidagi qarzlari ko‘payib, qo‘l ostidagi mol-mulkni birma-bir sota boshladi. Nihoyat, uning qo‘lida hech narsa qolmadi. Shu tariqa Ali pulni behuda sarflash tufayli oilasi qiyin ahvolga tushib qoldi. Bunga ish oqibatini o‘ylamagan, zamonning o‘zgarib turishini va hayotda kutilmagan hodisalar ro‘y berishini hisobga ola bilmagan oila boshlig‘i sababchi bo‘ldi. Natijada uni o‘ylamay qilgan ishi xorlik va kambag‘allikka yo‘liqtirdi. Agar sarf-xarajatni – 298 – kamaytirib, boshqalardan qarz olmaganida o‘zi ham, oilasi ham qiynalib qolmasdi. Aziz bolalar, tejamkorlik pul sarflashda o‘rtamiyona bo‘lishdir. Ya’ni, hayotda kutilmagan hodisalarini hisobga olmasdan qo‘lidagi pullarning hammasini sarflab yubormasin, o‘zi va oilasiga sarflashda juda baxillik ham qilmasin. Mol-dunyo yig‘ishga berilib ularni taom, kiyim, turar joy va davolanishlariga kerakli narsalardan mahrum qilmasin. Agar shunday qilsa, oilasi uni yomon ko‘rib qoladi. Tejamkor odam pulini keragidan ortiqcha narsalarga sarfla- maydi. O‘n so‘mga olinadigan narsa uchun hovliqib, yuz so‘m sarflamaydi. Pulni faqat kerakli narsalargagina sarflaydi. Har bir ishda o‘rtacha yo‘l tutadi. Agar o‘n so‘mga olish mumkin bo‘lgan narsaga yuz so‘m ishlataversa, bir kuni pushaymon bo‘ladi. Chun- ki hayotda tejamkorlik nimaligini bilmaydiganlar muhtojlikka tushib qoladilar. Isrofgarlik puldan barakani ketkazadi. Shuni unutmang, aziz bolalar. Quyidagilarga amal qilish tejamkor bo‘lishga yordam beradi: 1. Harajatning har biri uchun o‘zingga munosib miqdor belgila. 2. Musibatlar paytida sarflash uchun kirimning muayyan qismini jamg‘arib qo‘yishga e’tibor ber. 3. Ortiqcha dabdabalarga sarf-xarajatni ko‘pay-tirib yuborma. Masalan, qimmatroq mashina sotib olish, o‘yingohlarni ko‘p ziyorat qilish, yangi chiqqan kiyim va boshqa shu kabi narsalarga pulni bekorga sarflash demakdir. 4. Sendan puli ko‘p boylarga o‘xshashga intilma. Chunki Alloh insonlarni turli xil toifa va tabaqalarda yaratgan. Hamma bir xil boy yoki kambag‘al bo‘lmaydi. Kimdir boy, kimdir o‘rtahol, yana kimdir kambag‘al bo‘ladi. Sen o‘zingdagi mavjud narsalarga shukr qil va ulardan tejamkorlik bilan foydalan. 5. Senga berilgan ne’matlar qadrini bilishing uchun hayotda sendan darajasi pastroq odamlarga nazar sol. 6. Imkon qadar birovdan qarz olma. Chunki qarz olishga o‘rganib qolgan kishi o‘ziga kambag‘allik va g‘am-tashvish eshik- larini ochgan bo‘ladi. – 299 – 7. O‘zingdagi ortiqcha pullarni ishlatib yuborishdan qo‘rqsang, bironta omonatdor kishiga berib qo‘y. Chunki pulning qo‘lingga yaqin bo‘lishi undan foydalanishni senga oson qiladi. Hikmatda aytilishicha, kim maslahatlashib ish tutsa, hech qachon pushaymon bo‘lmaydi. Kim tejamkorlik bilan o‘rtacha yo‘l tutsa, hech vaqt kambag‘al bo‘lmaydi. Aziz bolalar, bu maslahatlar sizlarga kelajakda juda asqotadi. Shu sabab ularni yodda tuting. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling