Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Maqtanchoq bo‘lmang!
nson uchun eng katta kamchilik maqtanchoqlik qilish va 
o‘z aybini ko‘ra olmasligidir. Zero, har qanday odam xato-
kamchilikdan xoli bo‘lmaydi. Shunday ekan, aziz farzandim, 
sen zinhor maqtanchoq bo‘lma, juda zo‘r ishlarni qilsang ham 
kekkayma, o‘zingni maqtama, seni boshqalar maqtasin. Aqlli bola 
o‘zini maqtamaydi. Nodon bolalar esa birov ular qilgan ishlarni 
tan olmasalar ham, doim o‘zini maqtashga harakat qiladi. Agar 
sen yaxshi, bilimli va odobli bola bo‘lsang, insonlar sening qanday 
ekaningni bilishadi, maqtanishga va o‘zingni ko‘z-ko‘z qilishga hojat 
qolmaydi. Demak, hayotda kamtar va xolis bo‘lish insonni yuqori 
martabalarni egallashiga sabab bo‘ladi. Zero, dono xalqimiz bejizga 
“kamtarga kamol, manmanga zavol”, deb aytmagan.
Bolalar lug‘ati
Maqtanchoq odam – o‘zini-o‘zi maqtaydigan, 
maqtanishni yaxshi ko‘radigan kishi.
Kamtar odam – maqtanishni istamaydigan, o‘zini 
boshqalardan past oladigan, mag‘rurlanmaydigan 
kishi.
Xolis odam – samimiy, qalbi toza, beg‘araz, ko‘nglida kiri yo‘q, 
yaxshilikni biron ta’masiz amalga oshiruvchi kishi. 


– 291 –
Hikmat
a’zi hakimlarning aytishicha, to‘rt narsa xunuk, lekin yana 
to‘rt narsa borki, undan xunukroqdir:
1. Yoshlarning gunoh qilishlari xunuk, lekin qarilarniki bundan 
ham xunukroqdir;
2. Johillarning dunyo bilan mashg‘ulligi xunuk, olimlarniki 
bundan ham xunukroqdir;
3. Barcha insonlarning dangasaliklari xunuk, olim va 
talabalarniki bundan ham xunukroqdir;
4. Boylarning maqtanchoqligi xunuk, ammo kambag‘allarniki 
bundan ham xunukroqdir.
Bahouddin Naqshbandning karomati
(Ibratli hikoya)
uridlari hazrat Bahouddin Naqshbanddan karomat 
ko‘rsatishni so‘rashibdi. Hazrat o‘rinlaridan turibdi-
da, engil-engil besh-olti qadam yurib, yana joylariga o‘tiribdi. 
Muridlar hayron bo‘lib qarashibdi. Shunda hazrat Naqshband 
shunday debdi:
– Ikki elkamda tog‘day-tog‘day gunohlarni ko‘tarib, qushday 
engil yurishimning o‘zi karomat emasmi?

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling