– 288 –
5. Ko‘p kishilar borki, ular o‘z sirlarini saqlay olmasliklari tufayli
halokatga duchor bo‘ladilar.
6. Kishi so‘ziga quloq tut, ammo darrov unga ishona qolma, yurak
siringni ochma, yashirib maxfiy tut.
Birovlarni yomonlamaslik
Aziz bolalar, shuni bilingki,
birovlarni yomonlash, ular haqida
turli gap-so‘zlarni tarqatish g‘iybat bo‘ladi. G‘iybat asl insoniy
fazilatlarga teskaridir, odob-axloqli
bola birovlarni yomonlash
va odamlar haqida noloyiq so‘z aytishdan saqlanadi. Garchi bir
odam haqiqatda yomon bo‘lsa, uni behuda tilga olaverish, aybini
oshkor qilish yaxshi emas. Balki kishining aybini yolg‘iz o‘ziga
aytib, tuzatishga harakat qilish yaxshidir. Ko‘ngli
qora odamlar
kishi aybini hammaning o‘rtasida gapirib, birovni uyaltirishni
xohlaydilar. Qalbi pok insonlar esa o‘ziga o‘xshagan insonlar
haqida yomon gaplarni tarqatmaydilar.
Bolalar lug‘ati
G‘iybat – birovni kamsitish, ayblash va odamlar kamchiligini
oshkor etish.
Tuhmat (bo‘hton) – birovni yolg‘ondan
ayblash va aybsiz
odamga kamchiliklar xos ekanini da’vo qilish.
Izoh: g‘iybat va tuhmat orasidagi farq shuki, odamlarda bor
kamchiliklarni ular yo‘q vaqtlarda aytish g‘iybatdir. Masalan, bir
odamning rangi qora bo‘lsa yoki oyog‘i cho‘loq bo‘lsa, uni o‘zi
yo‘q vaqtda “qora”, yoki “cho‘loq” deyish g‘iybatdir.
Odamlarda yo‘q kamchiliklarni yolg‘ondan ularga tegishli
ekanini da’vo qilish tuhmatdir. Masalan, birov o‘g‘rilik
qilmasa
ham uni “o‘g‘ri”, deyish tuhmat bo‘ladi.
Bolalar, unutmang, g‘iybat va tuhmat juda yomon odat bo‘lib,
ikkisi ham katta gunohdir!
Aziz bolalar, quyidagi hikoyani o‘qib chiqsangiz, g‘iybatning
qanchalik yomon ekanini bilib ola sizlar.