– 283 –
12. Ovqat eyayotganda: yoqimli ishtaha,
olinglar, osh bo‘lsin!
13. Ovqat eb bo‘lgandan so‘ng: alhamdulillah!
14. Ovqat eb bo‘lgach, mezbonga: katta rahmat, ovqatingiz
shirin bo‘libdi!
15. Bemorga: tez sog‘ayib ketishingizni xohlayman.
16. Xavf-xatarni boshidan kechirgan kishiga: qayg‘ularingiz
ortda qolsin!
17. Yaxshi xabar eshitganda: O‘ziga shukr!
18. Yomon xabar eshitganda: Alloh asrasin!
19.
Chaqiriqqa
(telefonga) javob berishda: assalomu alaykum,
qulog‘im sizda, eshitaman (yoki labbay).
20. Uyquga ketishdan oldin ota-ona va yaqinlarga: xayrli tun,
yaxshi yotib turinglar!
21. Xayrlashish vaqtida: xayr,
yaxshi qoling, yana
uchrashguncha omon bo‘ling!
Aqlli bolaning javobi
(Ibratli hikoya)
odshohlardan biri o‘z vazirinikiga mehmonga boribdi.
Vazirning odobli, so‘zi chiroyli o‘g‘li bor edi.
Podshoh
o‘tirgach, o‘sha bolani yoniga o‘tkazib undan so‘rabdi:
– Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi?
– Qachon podshoh otamning uyida bo‘lsa, albatta otamning
uyi chiroyli! – deb javob beribdi.
Keyin podshoh barmog‘idagi qimmatbaho uzukni ko‘rsatib
undan so‘rabdi:
– Bu uzukdan ham chiroyligini ko‘rganmisan?
– Ha! Uzuk taqilgan qo‘l
uzukdan chiroyli, – debdi bola.
Podshoh uning hozirjavobligidan taajjublanib yana so‘rabdi:
– Mendan keyin podshoh bo‘lishni istaysanmi?
– Podshohning o‘g‘li mendan ko‘ra podshohlikka haqliroq, –
debdi bola.
Bu javobdan podshohning
shodligi yanada oshib, vazirning
o‘g‘liga bergan tarbiyasidan mamnun bo‘libdi.