– 277 –
Mushukka aylangan sher
(Ibratli hikoya)
ir zamonlar bir shaharda jinoyatchilarni vahshiylarcha
jazolash usuli joriy etilgan ekan.
Shahar hokimi
jinoyatchilarni och qolgan sherlar oldiga tashlashni buyurar ekan.
Odamlar yig‘ilib, shu jazoning qanday ijro etilishini ko‘rish uchun
sher yotgan qafas oldiga kelishar ekan. Bir kuni egasidan qochib
ketgan qulni jazolagani olib kelishibdi. Bechora qulni o‘n kun och
qoldirilgan bir sher oldiga keltirishibdi. Uni ko‘rgan sher to‘satdan
to‘xtab qolibdi. Keyin qulning yoniga kelib uning qo‘llarini yalay
boshlabdi, unga suykalib erkalanibdi.
Yig‘ilganlar buni ko‘rib hayron bo‘lishibdi
va quldan sher nima
uchun unga hujum qilmaganini so‘rashibdi. Shunda qul jazo
berayotgan kishilarga va odamlarga qarab shunday debdi: “Ancha
avval men bu sherga o‘rmonda yo‘liqib qoldim. Oyog‘iga uchli,
katta bir tikan kirib qolib, uni rosa azoblayotgan ekan.
Men unga
yordam berdim, shu tikanni olib tashladim, shundan beri biz do‘st
bo‘lib qolganmiz”.
Odamlarga qulning bu hikoyasi judayam ta’sir qildi. Ular qul
bilan sherni birgalikda ozod qildilar. Qizig‘i
shundaki, sher qulga
huddi uning mushugidek ergashib kelar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: