Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyat oldidagi vazifalar
Foydali nasihatlar
1. Umar ibn Xattob shunday dedi:“Insonlarga chiroyli do‘st bo‘lish aqlning yarmidir. Bilmaganini chiroyli tarzda so‘rash ilmning yarmidir. Chiroyli tadbir qilish hayotdagi baxtning yarmidir”. 2. Odamning do‘sti ko‘p bo‘lsa, dushmani kam bo‘ladi. 3. Do‘sti ko‘p kishining yuragi tog‘dek. 4. Chin do‘stlikka qilich ham bas kelolmas. 5. Soxta do‘st – ochiq dushmandan yomon. 6. Modomiki, mening do‘stim dushmanim bilan ko‘p o‘tirgan ekan, men uni hech do‘st deb bilmayman. Chindan ham zahar aralashgan shakardan saqlanish kerak, ilonga qo‘ngan pashshadan esa qochmoq kerak. 7. Har narsaning yangisi, ammo do‘stning eskisi yaxshi. 8. Har kimning do‘st yoki dushmanligi og‘ir kunlarda bilinadi. 9. Bir hakim shunday deydi: «Do‘sting bergan maslahat tufayli ish tutsang-u, biroq natija yomon bo‘lib chiqsa, sen do‘stingni malomat qilma, unga: “Sen aytgandek qilaman, deb ishim chappasiga ketdi, nega senga maslahat soldim-a!» demagin. Chunki yana ish yuzasidan unga maslahat solsang, maslahati to‘g‘ri bo‘lsa-da, oqibati yomon bo‘lishidan qo‘rqib, senga aytmaydi. 10. Sinalmagan do‘st va sinalmagan dushmanga ishonish katta xatodir. Jamiyat oldidagi vazifalar a’lumki, odamlar jamoat bo‘lib yashaydi. Shunday ekan, ularning bir-birlari oldida vazifa va majburiyatlari bor. Jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabat qoidalariga rioya qilinganida jamiyatda tartib bo‘ladi, odamlar tinch-xotirjam va baxtli hayot kechiradilar. Birinchi navbatda har bir inson hurmat-ehtiromga loyiq ekanini bilib olishimiz kerak. Inson zotini kamsitish, jonini xatarga qo‘yish, mulkini toptash va izzat-obro‘sini to‘kish aslo – 273 – mumkin emas. Agar kim shunday qilsa, katta jinoyatga qo‘l urgan bilan barobardir. Har qanday jamiyatda o‘g‘rilik qilgan, odamlar mulkini nohaq tortib olgan va aldagan qattiq qoralanadi. Bu narsaga muqaddas dinimiz Islomda ham qattiq e’tibor berilgan. Dinimizda o‘g‘rilik va odamlar sha’nini oyoq osti qilish harom ishlardan ekani ta’kidlangan. Hurmatli farzandlar, jamiyat oldidagi vazifalarni sanab o‘tar ekanmiz, beixtiyor “davlat mulki” degan tushuncha yodimizga keladi. Davlat mulki bu millat mulkidir. Unda barchaning haqi bor. Shu sabab odobli bolalar davlat mulkini o‘g‘irlashi, unga zarar berishi kerak emas, balki uni o‘z mulkidek qo‘riqlashi lozim. Sen maktabdagi o‘quv jihozlarini, parta va darsliklarni qanchalik avaylab-asrasang, davlat mulkini saqlagan, o‘zingga va jamiyatga foyda keltirgan bo‘lasan. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling