Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar lug‘ati Ruxsat so‘rash
Ruxsat so‘rash odobi
ziz bolalar, biron joyga borishdan oldin ota-onadan ruxsat so‘rash kerak. Ularning ruxsatisiz yoki aytmasdan ketib qolish durust emas. Chunki ota-onamiz bizlardan xavotir olishadi. Yana ular biz bilmagan narsalarni biladilar. Agar biz boradigan joy xatarli bo‘lsa, u erga borishdan qaytarishadi. Shuning uchun har doim ularning ruxsati bilan ko‘chaga chiqish kerak. O‘z uyimizdan boshqa uylarga, hatto qo‘ni-qo‘shni yoki qarindoshlar uyiga kirishdan oldin ham albatta ruxsat so‘rash kerak. Eshik tirqishidan mo‘ralash yoki chaqirmasdan to‘g‘ri uyga bostirib borish odobsizlikdir. Tashqarida chaqirgach, oldiga odam chiqishini kutib turiladi. Agar ruxsat berilsa, ichkariga kiriladi. Shuningdek, ota-onamiz o‘z uylarida bo‘lgan vaqtlarida ham oldilariga kirishdan avval “Ota yoki ona, kirsam maylimi”, deb ruxsat so‘rash kerak. Ruxsat olmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldilariga kirib borish odobli bolaga yarashmaydi. Bundan tashqari, oila davrasida katta yoshlilar suhbat- lashayotganlarida biron fikr aytmoqchi bo‘lsang, oldin “Men ham gapirsam bo‘ladimi?” deb ruxsat so‘rab, ruxsat bo‘lsa, gapirish – 269 – kerak. Ammo kattalar so‘zini bo‘lish yo ularning suhbatiga iznsiz aralashish aslo to‘g‘ri emas. Bolalar lug‘ati Ruxsat so‘rash – izn so‘rash, biron ishni qilish uchun rozilik olish. Mo‘ralash – to‘siq, tirqish yoki teshik orqali ichkariga qarash. Ojiz odamlarga mehribonlik qilish y farzand, Alloh kuch-quvvat va tan-sog‘lik ato etgan yoki mol-dunyo va shon-shuhrat bergan kishilar mana shu ne’matlar evaziga shukr bajo qilishlari uchun ojiz va zaif kishilarga yordam berish lozim. Shuni unutma: 1. Agar ota-onang yoshlari ulg‘ayib, senga muhtoj bo‘lib qolsalar, ularga mehribonlik ko‘rsat va ehtiyojlarini qondiradigan darajada ularga pul berib tur. Chunki ular ham sening baxtli bo‘lishing uchun o‘zlarini ko‘p hayot lazzatlaridan mahrum etganlar. 2. Agar odamlar ko‘p chiqqan avtobusda bo‘lsang va biron keksa, kasal, zaif kimsa yoki bir ayol o‘tirishga joy topa olmasa, sen o‘tirgan bo‘lsang, darhol o‘rningdan turib ularga joy ber. 3. Agar sening xizmatkoring bo‘lsa, unga toqatidan ortiq ish yuklama, haqoratlab va xorlab unga ozor berma, uni etarli ovqat eyishidan mahrum etma va uni urib azoblama. 4. Agar uyda uy hayvonlari bo‘lsa, ularni qiy nama, etarli taom va suvini ber. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling