– 270 –
2. Agar sen kelajakda bir oilaning boshlig‘i (otasi) vafot etib,
boquvchisi yo‘qotganini va ilgari aziz bo‘lib, keyin xorlanib
qolganini bilsang, qo‘lingdan kelganicha ularga yordam
berishing kerak.
3. Agar sen bir odamning cho‘kayotganini yoki yong‘in
ichida
qolganini yoki unga bir vahshiy hayvon hujum qilayotganini
eshitsang va yordam berishga qodir bo‘lsang, evaziga hech qanday
mukofot va rahmat kutib o‘tirmay
unga yordamga shoshilishing
kerak.
Sadoqatli xizmatkor mukofoti
(Ibratli hikoya)
ir boyning o‘ttiz yildan ko‘proq xizmatini qilgan bir
xizmatchisi bor edi. Nihoyat, bu xizmatchi yoshi ulg‘ayib,
xizmatga yaramay qoldi. Shunda boyning bolalaridan biri dedi:
– Ey ota, nima uchun mana bu foydasi tegmaydigan kuchsiz
xizmatchini bo‘shatib, o‘rniga
baquvvat xizmatchini olib
kelmaymiz?
– Ey o‘g‘lim, bu odam yosh va baquvvat vaqtidan beri bizga
sadoqat bilan xizmat qilib keldi. U yoshligingizda sizlarni
elkasida ko‘tarib, ulg‘ayguningizcha
sizlarga kelgan ozorlarni
qaytarardi. Mana endi quvvati ketib, kuchdan qolganida uni
haydab yuborish odamgarchilikdan emas.
Men yaqinda uning
ishini bajaradigan quvvatli xizmatkor olib kelaman. U esa bog‘dagi
hujrasida yashayveradi. Endi bizga omonat va ixlos bilan xizmat
qilgani evaziga uni taqdirlash uchun biron ish qilishga majbur
qilmayman, – dedi otasi o‘g‘liga.
Bolalar lug‘ati
Do'stlaringiz bilan baham: