Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Bolalar lug‘ati:
Ziyorat – tashrif, tabarruk joylarga safar qilish, yaqin kishilarni 
va yoshi ulug‘ keksalarning holidan xabar olish.


– 266 –
Dalda bo‘lish – ruhiyatni ko‘tarish, kuch-quvvat va g‘ayrat 
bag‘ishlash; yordam, himoya.
Zimmadagi vazifa – o‘ziga yuklatilgan vazifa.
Hikmat
iror joyga borganda ortiqcha ezmalanib uzoq o‘tirmaslik 
va o‘tirishda esa faqat kerakli so‘zlarni gapirish odamning 
qadru qiymatini oshiradi.
Yaxshilikning mukofoti
(Ibratli hikoya)
o‘pon Ahmad tog‘aning g‘am-tashvishlari ko‘p 
edi. U urushning og‘ir yillarini sira unuta olmaydi. 
Chunki xuddi shu yillarda o‘zining qadrdonlarini yo‘qotgan edi. 
Turmush o‘rtog‘i vafot etib, o‘g‘li daraksiz ketgan, shahardagi 
ishidan ajragandan keyin qishloqda cho‘pon bo‘lib ishlayotgan 
edi. Bir kuni yo‘l chetida qo‘ylarini boqib turganida bir 
kasalmand yigitni shaharga kuzatayotgan odamlarni ko‘rib 
qoldi. Afti-basharasidan uning kambag‘alligi bilinib, kalta 
kamzulda sovuqdan qaltirab turardi. Shunda cho‘pon Ahmad 
tog‘a necha yillardan beri ustidan echmagan chakmonini unga 
kiygizib qo‘ydi.
Kasalxona yo‘lakchasida shifokor tashxisini kutib turgan 
kasalmand yigit bir kishining elkasiga qo‘lini qo‘yib «ota» 
deb chaqirganini sezdi. Kasalmand yigit bundan ajablandi va 
boshini ko‘tarib unga qaradi. Dastlab «ota» deb chaqirgan bu 
yigitni tanimadi. Yigit ham hayron bo‘ldi va undan uzr so‘rab 
shunday dedi: «Siz kiygan bu chakmon men necha yillardan beri 
ko‘rmagan otamning chakmoniga o‘xshar ekan, men sizni otam 
deb o‘ylabman, kechirasiz».
Kasalmand yigit undan: «Otangiz kim edilar?» deb so‘radi 
va biroz gaplashib o‘tirgandan keyin bildiki, u chakmonini 
bergan cho‘pon Ahmad tog‘aning o‘g‘li ekan. Shunda unga: 


– 267 –
«Chindan ham bu chakmon otangizniki, siz adashmadingiz», 
dedi. Shifokor ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng kasalmand yigit 
cho‘pon Ahmad tog‘aning shifoxonada shifokor yordamchisi 
bo‘lib ishlaydigan o‘g‘li bilan qishloqqa qaytdi. Shunday qilib
cho‘pon Ahmad tog‘aning yaxshiligi o‘g‘lining topilishiga sabab 
bo‘ldi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling