Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar lug‘ati Hurmat
Odamlarni hurmat qilish
uyidagi odoblarga rioya qilish odamlarni hurmat qilish jumlasidandir: 1. Salomni oshkora ber, ko‘rishganda tabassum qilib, ochiq chehrali bo‘l. Chunki yuzni burishtirish va kibr odamlarda senga nisbatan nafratni paydo qiladi. 2. O‘zingga yaxshi ko‘rgan narsani odamlarga ham yaxshi ko‘r va o‘zingga ravo ko‘rmagan narsani odamlarga ham ravo ko‘rma. O‘ziga yoqqan narsani o‘zgalardan qizg‘anish va yoqtirmagan narsani birovlarga berish odobli bolalar ishi emas. Agar avtobus yoki tramvayda o‘tirgan bo‘lsang, o‘zingga etarli joydan oshig‘ini band qilma. Chunki boshqa odamning o‘tirishiga – 261 – xalaqit berasan. Unutma, jamoat transporti yolg‘iz seniki emas, unda boshqa odamlarning ham haqi bor. 3. Senga gapirayotgan odamga ovozingni baland ko‘tarma. Agar ular ota-onang, o‘qituvching kabi sendan yoshi ulug‘ va martabali kishi bo‘lsa, senga gapirayotgan paytda uning so‘zini bo‘lma. 4. O‘zing yoki mashinang ovozi yoki uni tez haydash bilan odamlarni bezovta qilma. Chunki yo‘lda yosh bolalar, zaifa ayollar va qariyalar bor. Sening bu qilig‘ing ularga ozor beradi. 5. Kambag‘alni kambag‘alligi uchun tahqirlama, bechorahol, nogiron yoki badanida biron aybi bor kishilarni masxara qilma. Balki o‘sha odam uchragan kasallikdan seni salomat qilgani uchun Allohga shukr qil. 6. Biron kishini u yomon ko‘radigan laqab bilan chaqirma. Do‘stlaring va tengdoshlaringga laqablar to‘qima. Chunki bu ularning diliga ozor etkazadi. Bolalar lug‘ati Hurmat – izzat, ehtirom, siylash, qadrlash; obro‘- e’tibor. Tahqirlash – nafratlanish, jinkanish, mensimaslik, haqorat, kamsitish, xo‘rlash. Zaifa – 1. Kuchsiz, ojiza ayol. 2. Xotin, rafiqa, ayol. Naqadar yomon ish (Ibratli hikoya) bulhasan rivoyat qiladi: “Biz Nabiy alayhis salom huzurlarida o‘tirgan edik. Davradan kimdir turib ketdi, biroq oyoq kiyimini unutib qoldirdi. Davradagilardan biri uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirib oldi. Haligi kishi bir ozdan keyin qaytib kelib, oyoq kiyimini so‘radi: – Biz ko‘rmadik, – deyishdi. Poyafzal egasi bezovtalanib qoldi. So‘ng uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirgan kishi: – Mana oyoq kiyiming, – dedi. – 262 – Shunda Payg‘ambar alayhissalom: – Musulmon kishini bezovta qilish naqadar yomon ish! – dedilar. – Men hazillashdim, – dedi u kishi. Rasuli Akram yana o‘sha gaplarini takrorladilar. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling