Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Ota-onaga qanday munosabatda bo‘lish kerak?


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Ota-onaga qanday munosabatda bo‘lish kerak?
arzandlar ota-onaga itoat etib, har bir fursatni roziliklarini 
olish uchun g‘animat bilmog‘i kerak. Bolaning baxt-
saodatga erishishi, yutuq va muvaffaqiyat qozonishi ota-onaning 
xursandchiligi va rozili tufayli hosil bo‘ladi. Bolalar ota-onasini 
hurmat qilish qatorida ularni sharmanda qilmasliklari va nomlarini 
bulg‘amasliklari kerak. Ota-onaning so‘zlariga ishonmagan, 
ulardan o‘zini aqlli va ishbilarmon hisoblagan bolalar hayotda 
qiynalib qoladi va ko‘p qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi. Chunki 
ishonchsizlik odamda aldov va yolg‘onchilikni paydo qiladi. 
Yolg‘onchilik va ikkiyuzlamachilik esa barcha yomon ishlarga 
sabab bo‘ladi.
Aslida har qanday odamga yolg‘on gapirish katta jinoyat, og‘ir 
gunohdir. Ammo ota-onani aldash juda katta gunoh sanaladi. 
Ota-onasiga bildirmay biron yomon ishni qilish ota-onaga 
nisbatan hurmatsizlik, ularni haqoratlash bilan tengdir. Aslida 
bolalar qiyin holatga tushganlarida rostini aytib, ota-onalarini 
bundan xabardor qilsalar, ota-ona o‘zlarining aqli va tajribasi bilan 
bu qiyin holatdan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib beradilar. Demak, 
har bir bola o‘z ota-onasini qilayotgan ishi va holatidan xabardor 
qilishi barobarida uning nasihati va maslahatlariga quloq tutishi 
va amal qilishi kerak.


– 256 –
Aka-uka va opa-singillarimiz
oldidagi vazifalarimiz
ziz bolalar, siz aka-uka va opa-singillaringizni hammadan 
ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rib, hurmat-ehtirom qilishingiz 
kerak. Zero, sizlar bir ota-onadan tug‘ilgansiz va eng yaqin 
qarindosh hisoblanasiz. O‘zaro munosabat masalasida sizlarning 
orangizdan qil ham o‘ta olmasligi kerak. Ko‘chadagi do‘stlar bir 
kuni kelib sizni tashlab ketishi ehtimoli bor. Ammo o‘z jigaringiz 
yaxshi kunda ham, yomon kunda ham aslo sizni tashlab ketmaydi. 
Chunki sizlarni ota-ona bog‘lab turadi, sizlar o‘zaro aka-uka va 
opa-singilsizlar. Sizlarning aloqa va munosabatingiz uzilmas rishta 
bilan bog‘langan, biron manfaat ustida qurilmagan. Shunday 
ekan, aziz farzandlar, bir-biringizga mehribon bo‘linglar, hurmat 
bilan muomala qilinglar. Buni ko‘rgan ota-onangiz ham xursand 
bo‘ladi. Aka-uka va opa-singillariga hurmat ko‘rsatadigan bolani 
boshqa odamlar ham yaxshi ko‘radi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling