– 250 –
Ona fazilati
1. Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘tarib, shu vaqt orasida ko‘p
og‘riq va qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan.
2. U sening jisming va kiyimlaringning tozaligiga e’tibor
berar
edi. Seni emizganda tepangda uzun tunlarni bedor o‘tkazar edi.
3. U senga qanday eyish, ichish, yurish va o‘ynashni o‘rgatgan,
sen o‘shanda bularning birontasiga kuchi etmaydigan bir ojiz bola
eding. Senga og‘riq bergan narsa uni og‘ritar edi,
seni xursand
qilgan narsa uni xursand qilar edi. Demak, sen onang bilan bir
butun tanasan.
Ota fazilati
1. Otang har kuni ko‘chaga chiqib,
qiynalib mehnat qilib, senga
kerakli taom, kiyim, o‘yinchoq va boshqa narsalarni sotib olib
kelar edi.
2. Sen ulg‘aygach, u seni maktabga yubordi. Ta’lim olishing
uchun pul topib, sarfladi, seni odam bo‘lsin, katta bo‘lganida
qiynalmasin, deb iztirob chekdi.
3. Agar kasal bo‘lsang, seni davolash
uchun doktorga olib
borib, sog‘ayishing uchun dori-darmon olib kelar edi. Demak,
otang sen uchun tayanchdir.
Do'stlaringiz bilan baham: