Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hovli, yo‘lak va hammom
Oshxona va ombor
shxona – ovqat tayyorlanib, tanovul qilinadigan xona. Bu xonada har kuni ovqat pishiriladi va eyiladi. Shuning uchun oshxona juda ham ozoda bo‘lishi kerak. Bu joyni bir kunda bir necha marta tozalab turish lozim. Oshxonadagi idishlar va jihozlarning hammasi chinnidek toza bo‘lishi zarur. Ularni yuvib bo‘lingandan keyin qog‘oz yoki sochiq bilan quritiladi. Shundan keyin turiga qarab, o‘z joyiga qo‘yiladi. Qoshiq-sanchqilar va pichoqlar alohida, tarelka va kosa kabi idishlar alohida turadi. Stol ustida yoki suv jo‘mragi yonida idish qolib ketmasligi kerak. Ba’zilarning oshxonasida idishlar va narsalar stolning ustida – 242 – kechgacha yuvilmasdan sochilib yotadi. Bu to‘g‘ri emas. Ba’zi odamlar o‘z oshxonasini chinnidek toza qilib qo‘yadi. U erga kirilsa, ko‘zingizga bironta ortiqcha narsa ko‘rinmaydi. Hamma narsa did bilan o‘z joyiga qo‘yilgan bo‘ladi. Bu qanday yaxshi! Har safar ovqat pishirgandan so‘ng gaz o‘choq yoki plitalar ustini artib qo‘yiladi. Chunki unga suv yoki ovqat qoldig‘i to‘kilgan bo‘ladi. Oshxonada qo‘lni va idishlarni artadigan alohida sochiqlar va qog‘ozlar turishi kerak. Oziq-ovqat turadigan va suv solinadigan idishlarning usti doimo yopiq turishi kerak. Ombor – keyinroq ishlatiladigan ozuqa yoki boshqa mahsulotlarni g‘amlab qo‘yiladigan xona. Omborxonada ko‘proq xom oziq-ovqatlar ham turadi. Omborxona ham oshxona kabi ozoda tutilishi lozim. U joyning quruq va qorong‘iroq bo‘lgani yaxshi. Omborxonada turgan ozuqalarni tekshirib turiladi, agar achiganlari bo‘lsa, darhol chiqindi idishga tashlab yuboriladi. Omborda sichqon va zararkunandalarga qarshi dorilar qo‘yiladi. Hovli, yo‘lak va hammom ovli va yo‘lak odam yuradigan va ko‘pchilik ko‘zi tushadigan uy sahni. Hovli va yo‘laklar doimo tozalanib, supurilgan bo‘lishi kerak. Hovli sahniga mevali va manzarali daraxtlar va chiroyli muattar gullar ekiladi. Daraxtlar va o‘simliklar havoni zararli gazlardan tozalashi inobatga olinib, ularni ko‘paytirish va chiroyli parvarish qilish odamlarga foyda keltiradi. Ba’zilar o‘z uyida mol, qo‘y yoki tovuq boqadi. Ularga maxsus molxona yoki tovuqxona quriladi. Buni yordamchi xo‘jalik, deyiladi. U joylar ham tez-tez tozalab turilishi kerak. Agar shunday qilinmasa, molxonadan havoga sassiq hid ko‘tarilib, qo‘ni-qo‘shnilarga ozor etadi. Qo‘shniga ozor berish gunoh. Hammom – inson sog‘lig‘ini saqlash uchun nihoyatda muhim xona. U erni ham yuvinib-cho‘milgandan keyin tozalab, shamollatib turiladi. Hammomda uchta asosiy joy bor: yuz-qo‘l yuvadigan er (”umivalnik”); hojat ushatadigan joy (”unitaz”); cho‘miladigan er (vanna yoki dush). Bu joylar doimo oppoq va ozoda holda – 243 – turishi lozim. Xushbo‘y narsa sepib yoki oynani ochib, yomon hidlarni ketkazish zarur. Uy egasi qay darajada ozodaligini uning hammomidan ham bilsa bo‘ladi. Aziz bolalar, sizlar “hojatxona odoblari”, degan darsda ko‘p narsalarni o‘rgandingiz. Ana shu qoidalarga, albatta amal qilish kerak. Ba’zilar hammomga turli kiyim va sochiqlarni qatorlashtirib, ilib qo‘yishi durust emas. Uncha zarur bo‘lmagan kiyimlarni ko‘z tushmaydigan erga taxlab qo‘yish kerak. Yana ba’zi hammomlarda eski cho‘tkalar, soch oladigan asboblar chang bosib yotadi. Keraksiz narsalarni saqlab yurish to‘g‘ri emas. Yaroqsiz bo‘lib qolgan narsalarni chiqindi bilan olib chiqib tashlash kerak. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling