Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Narsalarni toza tutish
Buyumlar tozaligi
olalar, har bir inson besh xil narsani toza tutishi shart 
ekanini bilamiz. Shularning uchinchisi shaxsiy buyumlar 
edi. “Shaxsiy buyumlar” deganda uy ichidagi hamma narsa 
tushuniladi. Uydagi narsalar yo sizniki yo ota-onangizniki yoki 
akangiz yo ukangizniki. O‘quvchining shaxsiy buyumlariga qarab, 
uning qanday bola ekanini bilish mumkin. Agar uning buyumlari 
ozoda bo‘lsa, demak u aqlli va tarbiyali bola. Agar buyumlari kir-
chir va betartib bo‘lsa, demak, u uncha ham aqlli bola emas.
Har bir bola o‘z buyumi va narsalarini toza tutish uchun zarur 
bo‘lgan birinchi shart –
 tartib. Tartib har bir narsani joy-joyiga 
qo‘yishdir. Narsalar har joyda sochilib yoki qalashib yotishi 
adabsizlikni bildiradi. Balki har bir buyum o‘ziga munosib 
joyda turishi lozim. Har bir narsa o‘zining sheriklari bilan birga 
qo‘yilishi kerak.
Buyumlarni ishlatilmagan taqdirda qarovsiz qoldirilmaydi, 
balki vaqti-vaqtida tozalab turiladi. Aks holda ularni chang va kir 
qoplaydi. Kir mikroblarni paydo bo‘ladi. Mikroblardan kasallik 
kelib chiqadi. Agar buyumlar toza tutilsa, egasiga ko‘p xizmat 
qiladi. Shu sababli pul ham tejaladi. Demak, buyumlarni toza 
tutishda uchta foyda bor ekan: uyning tartibli bo‘lishi, kasallikdan 
saqlanish va pulning tejalishi.
Kitoblar
itob inson uchun ulug‘ ne’matdir. Kitob tufayli biz 
bilmaganimizni bilib olamiz va to‘g‘ri yo‘lni va odob-
axloqni o‘rganamiz. Shuning uchun kitoblarni avaylashimiz va 
toza tutishimiz zarur. Kitobdan foydalangan bola shunchaki ermak 


– 236 –
uchun unga yozishi, chizishi, uning varaqlarini buklashi yoki 
yirtishi mumkin emas. O‘qigan vaqtda kitob titilib-to‘zib ketishi 
va kir qilishi ham yomon ish. Kitoblar uyda alohida tokchada 
yoki shkafda turishi kerak. Kitobni o‘qib bo‘lgach, yana o‘z joyiga 
qo‘yib qo‘yiladi. Kitoblarni va ular turadigan tokchalarni tez-tez 
artib, changdan tozalab turiladi.
O‘quv qurollari
1. Daftarlar. Aqlli bolaning daftarlari toza bo‘lishi kerak. Agar 
daftarga siyoh bilan xato yozib qo‘ysa, nima qilish kerak? Uning 
ustidan bir chiziq tortiladi – bo‘ldi. Aqli kamroq bola esa xatoni
tirnog‘i bilan o‘chirishga urinadi. Bunaqada daftar xunuk bo‘lib 
ketadi. Yozish uchun chiqarilgan daftarga rasm solinmaydi. Rasm 
daftari alohida bo‘ladi.
2. Qalam (ruchka). Qalamni o‘ynash, sindirish va og‘izga solib 
kir qilish mumkin emas. Ayrim odobsiz bolalar qalamni nayza 
qilib otadi, tishlab g‘ajiydi. Natijada qalam yaroqsiz holga keladi. 
Bu ota-onasi peshana teri bilan topgan ne’matni isrof qilishdir. 
Isrof qilish esa gunoh.
3. Sumka-portfellar. Kitob va daftar solinadigan sumkalar ham 
toza bo‘lishi kerak. Sumkaga turli egulik, kiyim-bosh yoki turli 
o‘yinchoqlar ham solinmaydi. Bu narsalarning sumkasi alohida. 
Ammo maktabga ketayotganda sumkaga quruq meva solish 
mumkin. Mevani sumkaga solishda avval kog‘ozga o‘raladi yoki 
maxsus idishga solinib, undan keyin sumkaga joylanadi.
Sumkani chang joylarga qo‘yilmaydi. Ba’zi bolalar maktabdan 
qaytayotganda sumkasini iflos joyga tashlab, o‘zlari o‘yinga 
berilib ketadi. Yoki uyining oldiga kelganda sumkani ichkariga 
olib kirmasdan ko‘cha eshik yonida qoldiradi. O‘yinga ovunib, 
sumkasiga iflos bo‘lish-bo‘lmasligiga ahamiyat bermaydi. Bu 
yomon odat.


– 237 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling