Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Kiyim turlari
1) O‘g‘il bolalar kiyimi. O‘g‘il bolalarning kiyimlari paxta
jun yoki kanopdan tayyorlanadi. Ularning rangi har xil bo‘lishi 
mumkin. Ammo oq rangli kiyimlar maqtalgan. Chunki oq rang 
toza va yoqimli bo‘ladi. Ozgina kir bo‘lsa ham tezda bilinadi va 
tez yuviladi. Yana yashil rangli kiyim ham yaxshidir.
Ko‘ylak. Ko‘ylak o‘g‘il bolalar uchun eng yaxshi kiyimlardan 
biridir.
Erkaklar ko‘ylagining turlari ko‘p. Har bir millatning o‘ziga xos 
ko‘ylaklari bo‘ladi. Ba’zilari uzun, ba’zilari qisqaroq.
Shim, shalvar. Tikilishi oddiy shimlar o‘g‘il bolalar uchun 
yaxshi shimlardir. Shim va shalvarlarning pochasi to‘piqqacha 
tushib turadi. 
Shortik. Shortik – yozda kiyiladigan kalta shalvar. Shortikning 
pochasi tizzani yopib turadigan bo‘lishi kerak. O‘g‘il bolalar 
cho‘milganda ham shortikka o‘xshagan ishton kiyadilar.
2) Ayol-qizlar kiyimi. Qizlar va ayollarning kiyimi kanop, 
paxta, jundan tashqari ipakdan ham tikiladi. Ranglari ham har xil 
va rang-barang bo‘ladi.
Ro‘mol. Ro‘mol qizlar va ayollar eng yaxshi ko‘radigan kiyim 
bo‘lib, uning katta-kichikligi har xil bo‘ladi. Xotin-qizlar uyda kichik-
roq ro‘mol o‘rashadi. Kichkina ro‘mol bilan ko‘chaga chiqishmaydi.


– 230 –
Ko‘ylak va lozim. Qizlarning ko‘ylagi keng va uzun bo‘ladi. 
Uzunligi to‘piqqacha tushib turadigan ko‘ylak – yaxshi ko‘ylak. 
Lozim ham uzun va keng bo‘lishi kerak. 
Kiyish mumkin bo‘lmagan kiyimlar
1) O‘g‘il bolalar uchun. O‘g‘il bolalarning ko‘ylagi qizlarnikiga 
o‘xshagan gulli yoki yaltiroq bo‘lmaydi. Ipak kiyimlar kiyish ham 
mumkin emas. O‘g‘il bolalarga qip-qizil, sap-sariq, olovrang yoki 
pushti rangli kiyimlar yarashmaydi.
O‘g‘il bolalar tor shimlarni kiymaydilar. Ba’zi shimlar 
odamning orqasini aniq bildirib turadi. Bularni kiyish mumkin 
emas. Shimning pochasi haddan tashqari uzun bo‘lmasligi kerak. 
To‘piqdan tushib ketadigan shimni maqtalmaydi.
Shortiklarning uzunligi, agar tizzadan tepada bo‘lsa, odobli 
bolalarga to‘g‘ri kelmaydi. O‘g‘il bolalar qizlarnikiga o‘xshagan 
kiyimlarni kiymaydilar. Kiyimlari va badanlariga har xil bema’ni 
narsalarni osib yurmaydilar. Tilla soat taqmaydilar. Tilla 
taqinchoqlar qizlarga yarashadi.
2) Qiz bolalar uchun. Beli tor, ko‘kragi ochiq, engi kalta ko‘ylak 
qizlarga to‘g‘ri kelmaydi. Qiz bola shim yoki shortik kiymaydi. 
Chunki bular erkaklar kiyimidir. Qizlar o‘g‘il bolaga o‘xshatib 
qo‘yadigan kiyimlarni kiyish mumkin emas.
Odobli qizlar begona odamlar oldida taqinchoqlarini ko‘rsatib 
yurmaydilar.
3) Hamma uchun. Qizlar va o‘g‘il bolalarning kiyimlari badanga 
yopishib turadigan tor bo‘lishi to‘g‘ri emas. Tor kiyim axloqqa 
xilof sanaladi va sog‘liqqa ziyon keltiradi. Tanada qon aylanishiga 
xalaqit beradi. Tanani ko‘rsatib turadigan yupqa kiyim kiyish ham 
yomon. Yupqa kiyimlar inson avratini yashira olmaydi. Xulqqa 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aqlli bolalarga bachkana kiyimlarni kiyishdan saqlanish 
tavsiya qilinadi. Masalan, jonli narsalarning surati solingan va 
yomon so‘zlar yozilgan kiyimlar odobli bolalar kiyimi emas. 
Odobli bola bizning diniy va milliy qadriyatlarimizga begona, 
o‘zga dindagilarga xos bo‘lgan kiyimlarni kiymaydi.


– 231 –
Demak, aziz bolalar, kiyish mumkin bo‘lmagan kiyimlar 
quyidagilardir:
1. Badanga yopishib turadigan tor kiyim;
2. Terini ko‘rsatib turadigan yupqa kiyim;
3. Jonli narsalarning rasmi solingan kiyim;
4. Yomon so‘zlar yozilgan kiyim;
5. Hammani o‘ziga qaratadigan g‘ayri oddiy kiyim;
6. Boshqa din va millatning ramzi tushirilgan kiyim;
7. Harom yo‘l, masalan, o‘g‘irlik bilan topilgan kiyim;
8. Qiz bolani o‘g‘il bolaga o‘xshatib qo‘yadigan kiyim;
9. O‘g‘il bolani qizlarga o‘xshatib qo‘yadigan kiyim;
10. O‘g‘il bolalar uchun ipak kiyim.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling