Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Halol rizq va halol mehnat
olalar shuni zinhor unutmang, halol rizq egan odamning 
tani sog‘lom, qilgan ishlari to‘g‘ri bo‘ladi. Harom rizq egan 
odamning qilgan ishi unumsiz bo‘ladi. Uning duosi ham, ibodati 
ham qabul bo‘lmaydi.
Halol rizq sog‘liq uchun foydali. Harom ovqat va ichimlik inson 
tanasiga zarar etkazadi va jamiyatni buzadi. Taom va ichimlik 
halol bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor berish lozim? Taom halol 
bo‘lishi uchun unda uchta shart bo‘lishi kerak:
1. Halol yo‘l bilan pul topish.
2. Halol hayvon yoki zararsiz o‘simlikdan ovqat tayyorlash;
3. Hayvonni shar’iy yo‘l bilan so‘yish.
Halol rizq topish uchun, avvalo halol mehnat qilish lozim. 
O‘g‘irlik, poraxo‘rlik, qimorbozlik kabi yo‘llar bilan pul topish 
harom. Bunday pulga oziq-ovqat sotib olgan odam harom ovqat 
egan bo‘ladi.
Ma’lumki, ovqat go‘sht va o‘simliklardan tayyorlanadi. Uy 
hayvonlaridan tuya, mol, qo‘y, echki va otning go‘shti halol. 
Yovvoyi holda yashaydigan ba’zi hayvonlar ham halol. Bularga 
kiyik, bug‘u, tog‘ echkisi, yovvoyi mol kiradi. Yovvoyi holda kun 
kechiradigan hayvonlarning go‘shti haromdir. Iflos narsalarni 


– 226 –
eydigan jonivorlar ham harom sanaladi. Suv hayvonlaridan 
baliqlarning hamma turi halol. O‘simlik va donlar ham halol 
sanaladi. Ammo qaysi o‘simlik zararli bo‘lsa, o‘shani iste’mol 
qilish harom bo‘ladi. Masalan, aqlga zarar etkazadigan nasha 
harom. Mast qiladigan ichimliklar ichish harom. Shar’iy yo‘l 
bilan so‘yilmagan hayvon go‘shtini ham eb bo‘lmaydi.
Bolalar lug‘ati
Halol – ruxsat etilgan, qonuniy, to‘g‘ri, pok (shariat 
tomonidan ruxsat etilgan ish va so‘z).
Harom – man qilingan, noqonuniy (shariat 
tomonidan man qilingan ish va so‘z).
Rizq – nasiba, ulush, ne’mat (taom va ichimliklar 
ham, iste’dod va qobiliyat kabilar ham insonga berilgan rizqdir).
Harom luqma 
bu Zafar Mag‘ribiy bir asarida Muhosibiy yoshligidan 
zukko va hozirjavobligi bilan tanilganini shunday hikoya 
qiladi: «Horis Muhosibiy yoshligida xurmo sotuvchi bir kishining 
eshigi oldida o‘ynayotgan bolalar oldidan o‘tib qoldi. U bolalar 
o‘yinini biroz tomosha qilib turdi. Bir vaqt hovli egasi qo‘lida bir 
qancha xurmo bilan uyidan chiqib, manavi xurmolardan egin
deya Horisga xurmolarni uzata turib, hozirgina bir kishiga xurmo 
sotganida undan tushib qolganini aytdi. Horis uni taniysizmi, 
dedi. U taniyman, dedi. Horis boshqa bir so‘z demasdan uyiga 
yo‘l oldi. Xurmofurush uning orqasidan chopib borib, elkasidan 
tutib shunday dedi: «Allohga qasamki, menga ichingdagini 
aytmaguningcha, qo‘yib yubormayman». Horis unga: «Ey 
shayx, agar musulmon bo‘lsangiz, qattiq chanqagan vaqtda 
suvni izlagandek hisobidan qutulish uchun xurmo egasini izlang. 
Musulmon bolalariga harom luqmani edirasizmi?», dedi. Shayx: 
«Allohga qasamki, shundan keyin savdo qilganda juda ehtiyot 
bo‘lib ish tutdim», dedi. 


– 227 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling