Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Ovqatlangandan so‘ng bajariladigan ishlar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Ovqatlangandan so‘ng bajariladigan ishlar
vqatlanib bo‘lgandan so‘ng mana bu ishlarni qilamiz:
1. Tarelkani (yoki kosani) non yoki barmoq bilan 
yalash;
2. Dasturxonga to‘kilgan ushoq yoki ovqatlarni terib eyish;
3. Barmoqdagi ovqat qoldiqlarini yalash;
4. Taomdan keyin aytiladigan duoni o‘qish;
5. Ovqat tayyorlaganga rahmat aytish;
6. Dasturxonni yig‘ishtirish;
7. Idish-tovoqlarni yuvish;
8. Qo‘l va og‘izlarni yuvish.
Ovqatlanishning umumiy odoblari
ziz bolalar, quyidagilar ovqatlanishning umumiy 
odoblariga kiradi:
1. Eyiladigan taom halol yo‘l bilan topilgan, yaxshi va toza 
bo‘lishi kerak.
2. Faqat ruxsat etilgan narsalarni eb-ichish, sog‘liq uchun 
zararli eguliklardan saqlanish.
3. Taomni etkazgani uchun Allohga shukronalar aytish.
4. Taom eyishdan oldin qo‘llarni yuvish va og‘izni chayish.
5. Taomni o‘ng qo‘li bilan eyish.
6. O‘rtadagi idishdan ovqatlanayotganda o‘z oldidan olib eyish
boshqalar oldidagi narsalarga qaramaslik va hojatidan oshig‘ini 
emaslik.
7. Dasturxon atrofida toza va pokiza kiyimda o‘tirish.


– 221 –
8. Luqmani kichikroq olish, katta luqma olish va yaxshi 
chaynamay yutish o‘ta odobsizlik va sog‘liq uchun zarardir.
9. Ovqat yaxshi hazm bo‘lishi uchun uni yaxshilab chaynash. 
Har xil ovozlar chiqarib, pishillab chaynamaslik.
10. Og‘izni ovqat bilan to‘ldirib olmaslik va og‘izda ovqat bor 
paytda gapirmaslik.
11. Boshqa bir kishining eyayotgan taomiga va olgan luqmasiga 
qaramaslik.
12. Og‘ziga solingan ovqatdan suyak va boshqa narsalar chiqsa, 
og‘izdan olib dasturxonga qo‘ymaslik. O‘zgalar e’tiborini qaratmaslik 
uchun shunday qilinadi.
13. O‘zgalar ishtahasini buzadigan va dilini siyoh qiladigan 
harakatdan nihoyatda ehtiyot bo‘lish.
14. Odamlar ovqat eyayotganida tishni kavlamaslik. 
Tishdan chiqqan narsalarni odamlar nazari tushmaydigan 
joyga tashlash.
15. Ovqat eyish vaqtida iloji boricha suv ichmaslik, agar 
ichmoqchi bo‘linsa, piyola yoki idish yog‘ bo‘lmasligi uchun 
oldin qo‘lni yaxshilab artish kerak.
16. Nonni erga tashlamaslik, non ustiga tovoq va boshqa 
idishlarni qo‘ymaslik.
17. Bir xil ovqat bilan kifoyalanish va oshqozon to‘lib 
ketgungacha ovqat emaslik. Agar shunday qilinsa, ovqat hazm 
bo‘lishi og‘irlashib, kasallik keltirib chiqarishi mumkin.
18. Agar aksirmoqchi yoki og‘zidan bir narsani chiqarmoqchi 
bo‘lsa, yuzni dasturxondan boshqa tomonga burish va og‘izni 
berkitish.
19. Ovqat idishini yaxshilab tozalab qo‘yish, taomni oxirigacha 
eb, kosa va lagandagi yog‘larni non bilan artib olish. Mana shunda 
baraka va fayz yog‘iladi, isrofdan saqlaniladi.
20. Qo‘ldagi yog‘ni avval yalab, keyin sochiqqa artiladi. Qo‘l 
yog‘ini yalamasdan yuvib tashlash yoki artish isrofdir.
21. Agar maktab oshxonasida o‘tirilsa, to‘polon qilmaslik va 
o‘z nasibasidan ko‘proq ovqat eyishga urinmaslik.
22. Agar oshxona xizmatchisidan piyola, qoshiq va salfetka 


– 222 –
(qo‘l sochiq) kabi biron narsa so‘ramoqchi bo‘lsa, muloyimlik 
bilan so‘rash.
23. Ovqat eb bo‘linganidan keyin qo‘llar va og‘izni yuvish, 
tishlar tozaligiga e’tibor berish (ayniqsa, kechki ovqat iste’molidan 
keyin qo‘l va og‘izni yaxshilab yuvib, tishlarni tozalab keyin 
uyquga yotish kerak. Qo‘l va og‘izda yog‘ va shira kabi narsalar 
qoldig‘i qolib ketsa, sog‘liqqa zarar bo‘ladi).
24. Qo‘lni yuvayotganda qo‘l va tishlar orasini tozalashga 
alohida e’tibor berish.
25. Taomni eb bo‘lganidan keyin “Alhamdulillah” (“bizni 
edirib-ichirgan va musulmon qilib yaratgan Allohga shukr”), deb 
bergan ne’matlari uchun Allohga hamd aytib, “rahmat, ovqat shirin 
bo‘libdi”, deb ovqat tayyorlaganlarga minnatdorlik bildirish.
26. Ovqatdan hosil bo‘lgan kuch-qudratni yaxshi va savobli 
ishlarga sarflash.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling