Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toza tutish kerak bo‘lgan narsalar
- Tana a’zolarini toza tutish
Ko‘chada holva egan bola
(Hikoya) ir kichkina bola ko‘chada o‘ynab o‘tirganda holva sotuvchi o‘tib qoldi. U sotib yurgan holvasini pashsha va changlardan ehtiyot qilmas edi. Bola bir tanga berib, holvasidan sotib oldi. Bir necha kundan keyin qattiq kasal bo‘lib yotib qoldi va otasi uyga tabib chaqirib keldi. Ko‘p savol-javoblardan keyin tabib uning kasali holva eyishdan kelib chiqqanini aniqladi. Uni davolash uchun bezgak kasalliklari shifoxonasiga olib borishga buyurdi. Oilasi iztirob chekib, otasi uni davolashga ko‘p pul sarfladi. U kasalxonada bir oy yotib, tuzalib chiqdi. – 213 – Toza tutish kerak bo‘lgan narsalar iz o‘zimizni ham, atrofdagi narsalarni ham doim ozoda saqlashimiz lozim. Har birimiz besh xil narsani toza saqlashni o‘rganishimiz kerak. Ozoda saqlanishi shart bo‘lgan besh xil narsa mana bular: 1) Tana a’zolari; 2) Kiyimlar; 3) Shaxsiy buyumlar; 4) Uy va xonalar; 5) Atrof-muhit. Tana a’zolarini toza tutish arbiyali bola o‘z tanasini ozoda va pok tutadi. Ammo ba’zi a’zolarni boshqasiga qaraganda ko‘proq yuvib turish kerak. Tez-tez yuvib turish lozim bo‘lgan tana a’zolari quyidagilar: 1) Qo‘l; 2) Yuz; 3) Tish; 4) Burun; 5) Bosh; 6) Oyoq. 1) Qo‘l. Qo‘l juda ko‘p foydali xizmatlarni bajaradi. Biz qo‘limiz bilan yuzimizni va tanamizning barcha a’zolarini yuvamiz. Qo‘lda ovqat eymiz, bir-birimiz bilan qo‘l berib co‘rashamiz. Qo‘lda bir narsani olamiz yoki beramiz. Shuning uchun qo‘llarimiz doimo toza bo‘lishi shart. Tirnoqlarni o‘stirib yubormasdan olib turish ham qo‘lning tozaligini ta’minlaydi. Bola tirnog‘ini o‘zi ololmasa, kattalarga aytib oldiradi. 2) Yuz. Yuz hammaga ko‘rinib turadigan a’zodir. Tananing boshqa a’zolari ko‘pincha kiyim yopib turadi. Ammo yuzni kiyim yopmaydi. Chang va kirlar yuzga tez yopishadi. Shuning uchun yuzni boshqa a’zolarga qaraganda ko‘proq va tez-tez yuvib turish zarur. Odamlar bir-birlari bilan gaplashganda yuzga qarab gaplashadilar. Yuzi kir bo‘lgan holda boshqalarning ko‘ziga ko‘rinish uyat sanaladi. 3) Tish. Alloh tishlarni chiroyli qilib yaratgan. Ularni avaylab asrash kerak. Tishlar sog‘lom va oppoq bo‘lsa qanday yaxshi! – 214 – Oppoq tishlar insonga chiroy bag‘ishlaydi. Tishlar ovqatni chaynab, maydalab beradi. Agar ular toza bo‘lsa, ovqat ham qoringa pokiza holatda kiradi. Tishlarni tez-tez yuvib turilmasa, ular orasida kir to‘planadi yoki hidlanadi. Bu kirlik ovqatga qo‘shilib, qoringa tushsa, odam kasal bo‘lib qoladi. Tishini yaxshi yuvmaydigan bolaning tishi ko‘p og‘riydi. Tish og‘rig‘i juda yomon. Tishga e’tibor berilmasa, u sarg‘ayib, xunuk tus oladi. Tishi hunuk bo‘lib yurish ham durust emas. Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng tishlarni yaxshilab yuvish zarur. Aks holda og‘izda yoqimsiz hid paydo bo‘lib, yonidagi odamga ozor beradi. Tishni har kuni ikki marta misvok yoki pas ta (ma’jun) bilan yuvish kerak. Payg‘ambarimiz tahorat olayotganda tishini misvok bilan yuvganlarni maqtaganlar. Odamlarning oldida tishni kavlash xunuk odat. Bu beodoblikdir. Agar kavlamoqchi bo‘lsa, qo‘li bilan og‘zini to‘sib kavlashning zarari yo‘q. 4) Burun. Alloh burunni ham muhim vazifa uchun yaratgan. U nafas olishimizga yordam beradi. Agar burun toza bo‘lsa, inson yutayotgan havo ichkariga sof va bezarar holatda kiradi. Odobli bola hech kimning ko‘zi tushmaydigan joyda burunlarini qoqib, tozalab oladi. Birovning oldida aslo burnini tortmaydi va kavlamaydi. Ba’zi bolalar esa hadeb burnini tortaveradi. Bunaqa odat hech kimga yoqmaydi. Inson aksirganda yoki yo‘talganda yuzini chetga burishi kerak. Og‘zi va burnini dastro‘mol yoki engi bilan to‘sishi lozim. Chunki bunday paytda burun va og‘izdan zararli moddalar otilib chiqadi. 5) Bosh. Inson hayoti uchun juda zarur hisoblangan a’zolar – miya, quloq, ko‘z, burun va og‘iz boshda joylashgan. Demak, boshga yaxshi ahamiyat berish lozim. Uni tez-tez yuvib turish talab etiladi. Qizlar sochlarini haftada kamida bir marta yuvib turishi kerak. O‘g‘il bolalar sochlarini ko‘p o‘stirib yuborishlari durust emas. Sochni bir oyda bir marta olinadi yoki qisqartiriladi. Bosh, ko‘z, quloq, burun va og‘izni oynaga qarab tozaligini tekshirib turish kerak. – 215 – 6) Oyoq. Oyoq ko‘pincha paypoq ichida bo‘lgani uchun ko‘zga tashlanmaydi. Ammo uni ham vaqtida yuvib turilmasa, undan yomon hid tarqala boshlaydi. Shuning uchun tahorat paytida oyoqning panjalari orasini barmoq bilan ishqalab yuviladi. Shunda ular pokiza va sog‘lom bo‘ladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling