Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Hojatxonadan chiqish
ojatxonadan chiqishda quyidagi ishlarga e’tibor berish 
lozim:
1. Axlat ketadigan erni suv bilan tozalash;
2. Suv jo‘mraklarini o‘chirish;
3. Kiyimlarni chiroyli kiyish;
4. Hojatxona qog‘ozini tekshirish;
5. Chiroqni o‘chirish;
6. O‘ng oyoq bilan chiqish;
7. Chiqqandan so‘ng zikr aytish;
Bolalar, hojatxonadan chiqayotgan paytingizda u erning 
tozaligini ko‘zdan kechiring. Hojatxona sizdan keyin ozoda 
holda qolishi kerak. Ba’zi beadab bolalar o‘zlari o‘tirgan erni 
tozalamasdan chiqadilar. Bu yaxshi tarbiya olmaganini ko‘rsatadi. 
Suv jo‘mraklarini ham yaxshilab o‘chirish kerak. Chala burab 
chiqib ketilsa, suv oqib, isrof bo‘ladi. Hojatxonadan chiqmasdan 
turib, kiyimlarni chiroyli qilib kiyib olinadi. Ust-boshining u 
yoq-bu yog‘iga qaramasdan yoki tugmalarini yaxshi qadamasdan 
chiqish uyat bo‘ladi.
Xojatxonadan o‘ng oyoq bilan chiqish odobdandir. 
Hojatxonadan chiqqandan keyin ikkala qo‘lni yaxshilab, iloji 
bo‘lsa, sovunlab yuviladi.


– 210 –
Sog‘liqni saqlash choralari
olalar, sizlar yaxshi bilasizlarki, sog‘liq etuk inson bo‘lishda 
muhim ahamiyatga egadir. Chunki sog‘lom va tetik 
kishining ishlari ham unumli bo‘ladi. Sog‘liq yo‘qotilgan joyda 
ish ham unmaydi, inson biron yutuqqa erisha olmaydi. Shuning 
uchun Alloh tarafidan berilgan sog‘liqni saqlash har bir odamning 
burchidir. Ayniqsa, bunga ko‘proq bolalar ahamiyat berishlari 
kerak. Aziz bolajon, sen yoshligingdan sog‘liqni saqlashga 
e’tibor berib, zararli odatlarni tark qilsang, katta bo‘lganingda 
ham soppa-sog‘ va bardam-baquvvat yurasan, og‘riq, kasallik 
va boshqa qiyinchiliklardan xoli bo‘lasan. Ayrim bolalar kichik 
yoshidan kattalarga taqlid qilib, chekish va ichishga odatlanadi. 
Bu sog‘lik uchun katta zarar, shuningdek, keyinchalik bu odatni 
tashlamoqchi bo‘lganida uni tashlashga qiynaladi va afsuslanadi. 
Shuning uchun chekish va ichishga mutlaqo yaqin bormaslik 
kerak. Kattalar chekib-ichib yuribdi-ku, zarar bo‘lganida buni 
tashlagan bo‘lardi deb xato o‘ylamaslik kerak. Balki ular qutulish 
chorasini topa olmasdan ich-ichidan qiynalib yurgandir yoki 
o‘rganib qolganidan tashlay olmayotgandir.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling