– 207 –
Hojatxonaga kirishdan oldin
ojatxonaga kirishdan oldin quyidagi ishlarga ahamiyat
berish kerak:
1. Og‘zida
ovqat yuqi qolmasligi;
2. Qo‘lining tozaligiga e’tibor berish;
3. Qalin kiyimlarini tashqariga echib kirish;
4. Qo‘lida biron narsa bo‘lsa, uni ichkariga olib kirmaslik;
5. Muqaddas kalomlar – oyat va hadislar bo‘lsa,
tashqarida
qoldirish;
6. Hojatga kirishdan oldin duo o‘qish;
7. Hojatnonaga chap oyoq bilan kirib, u erdan o‘ng oyoq bilan
chiqish.
Og‘izda chaynab yutilmagan taom bo‘lagi bo‘lsa, u bilan
hojatxonaga kirilmaydi. Shuningdek, qo‘l yog‘ yoki iflos bo‘lsa,
oldiniga qo‘lni yaxshilab yuvib olish kerak. Aks holda qo‘l
kiyimni
ushlaganda kiyim iflos bo‘ladi. Hojatxonaga kirishdan avval
qalinroq ustki kiyimlar nopok suv tegmasligi uchun tashqarida
echib qo‘yiladi.
Ustki kiyim deganda palto, chopon va kurtka kabi
qalin kiyimlar tushuniladi.
Ba’zi bolalar qistalib tursa ham, o‘yinni ko‘zi qiymasdan
o‘ynashda
davom etaveradi, faqat iloji qolmagan vaqtda
hojatxonaga yugurib qoladilar. Shuni unutmangki, bolalar,
hojati
qistaganda o‘zini zo‘riqtirish sog‘liqqa zarar. Chunki bunaqa
paytda siydik qonga shimilishni boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: