Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Uyg‘ongandan so‘ng qilish noma’qul


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Uyg‘ongandan so‘ng qilish noma’qul
hisoblangan amallar
1. O‘rindan turmay, yalqovlanib yotaverish;
2. Yotadigan kiyim bilan odamlarga ko‘rinish;
3. O‘rinni yig‘ishtirmay turib ketish;
4. Yuz-qo‘lni yuvmasdan boshqa ishga kirishish;
5. Ertalabki zarur ishlarini orqaga surish.
Ertalab uyqudan turgach, ozgina badantarbiya qilishga odat -
lanish kerak. Bunday qilish odamning sog‘lig‘i uchun juda ham 
foydalidir. Mashqlardan so‘ng nonushta qilasiz. Nonushta tayyor-
lashda kattalarga yordamlashishni o‘rganing. Nonushta paytida 
ovqatlanish odobiga rioya qilishni unutmang. Nonushtadan so‘ng 
dars jadvaliga qarab, kitoblaringizni tekshirib olasiz. Maktabga 
tayyorgarlik ko‘rasiz. Bugun kerak bo‘ladigan kitob-daftarlaringiz-
ni esingizdan chiqarmang. Maktabga kech qolmasdan borishga 
odatlaning.
Luqmoni Hakimning o‘g‘liga nasihatlari (2)
y o‘g‘lim, Allohga shirk keltirma! Chunki shirk eng 
katta gunohdir. Odamlarga yuzingni burishtirma. Hech 
qachon kekkayib, manmansirab yurma. Chunki Alloh takabbur 
va maqtanchoq kimsalarni xush ko‘rmaydi. Erga qarab vazminlik 
bilan yurgin va hech qachon ovozingni baland ko‘tarma!


– 205 –
Ey o‘g‘lim, salomatlik bebaho boylik va go‘zal axloq beqiyos 
ne’matdir. Kattalar bilan gaplashayotganingda har bir so‘zingga 
ahamiyat ber. Qarindoshlar bilan aloqani uzma. Bekorchi 
va bema’ni odamlar oldida o‘tirma. O‘zingdan kattalar bilan 
hazillashma.
O‘g‘lim, imkon qadar urush-janjaldan saqlan! Dunyo ishlari 
uchun ortiqcha g‘am ema. Yoshligingni g‘animat bil va ilmli 
kishilar bilan maslahatlash. Qayg‘uga botma, g‘amgin bo‘lma. 
Odamlarning qo‘lidagi narsalarga ko‘z tikma. Taqdirga rozi bo‘l. 
O‘zingga berilgan rizqqa qanoat qil. O‘zingdan-o‘zing behuda 
g‘amgin bo‘lma. Xafagarchilik bilan qalbingni band etma.
Ey o‘g‘lim, avvalo o‘zingga nasihat qil. Boshqalarga bir narsani 
aytishdan oldin o‘zing unga amal qil. Biliming va holingga qarab 
so‘zla. Sukut qilsang, pushaymon bo‘lmaysan. So‘z kumush 
bo‘lsa, sukut oltindir. Kattalar bilan tortishma. Musibatga sabrli, 
kishilar oldida kamtar bo‘l.
O‘g‘lim, yolg‘on so‘zlashdan juda ehtiyot bo‘l. Chunki yolg‘on 
diningni buzadi va odamlar oldida obro‘yingni to‘kadi. Natijada 
e’tibor va darajangni yo‘qotasan. Ochiq chehrali, to‘g‘ri so‘zli bo‘l. 
Salomlashishga odatlan.
Ey o‘g‘lim, oz mol-dunyo jo‘yali sarf-xarajat va tadbir bilan 
ko‘payadi. Ko‘p mol-dunyo behuda sarf-xarajat oqibatida kamayadi. 
Agar qanoatli bo‘lsang, dunyoda sendan boy odam bo‘lmaydi.
Ey o‘g‘lim, me’dangni ovqatga to‘ldirma. Aks holda aqling va 
fahm-farosating o‘tmaslashadi. Agar oshqozon to‘lsa, fikr uxlaydi, 
hikmat sukutga ketadi va a’zolar ibodatdan bosh tortadi.
Ey o‘g‘lim, ishlaringda faqat olimlar bilan maslahatlash. Olim 
johilni biladi. Chunki uning o‘zi oldin johil edi, johil olimni 
bilmaydi, chunki u oldin olim bo‘lmagan.
O‘g‘lim! Yaxshilikni uning qadriga etadiganlarga qil. Bo‘ri 
bilan qo‘y do‘st bo‘lmaganidek yaxshilik sohiblari bilan gunohkor 
kimsalar ham bir-biriga do‘st bo‘lolmaydi. Dunyoda toat-
ibodatlarga ham g‘ayrat qilki, oxiratda senga hamroh bo‘lsin. 
Dunyoni batamom tark etma. Halolidan rizq ishlab topki, hech 
kimga muhtoj bo‘lmaysan.


– 206 –
Ey o‘g‘lim, hasad qilma, birovlar orqasidan yomonlama. Agar 
senga yomonlik qilishsa, kechirimli bo‘lgin, yaxshilik ko‘rsang, 
shukr qilgin, ofat va balolarga duch kelganingda sabr etgin. G‘ayrlik 
va ko‘ra olmaslikdan hazar qil, kasalmandlar ziyoratini kanda 
qilma, o‘tganlarni yomon sifatlar bilan eslama.
Farzandim, so‘zni yumshoq so‘zla, qattiq so‘zlama, ahmoq 
va johillarni sukut bilan kutib ol. Vaqtingni ko‘pini sukut bilan 
o‘tkaz. Ko‘proq tafakkur qilsang, tiling balosidan qutulasan. Sukut 
salomatlik eshigini ochuvchi yagona kalitdir. O‘zingdan kattalar 
bilan tortishma va ularga qaysarlik qilma. O‘zingdan kichiklarga 
past nazar bilan qarama, bir so‘zni aytmoqchi bo‘lsang, yaxshilab 
o‘ylab gapirginki, hech kim senga “uf” demasin.
Ey o‘g‘lim, yozda soydan, qishda ko‘zadan suv ichma. Ochko‘zlik 
badanning eng katta dushmanidir, ishtahasizlik ham shunday. 
Yuvingach, ma’lum muddat o‘ranib yotish kerak. Ovqatdan so‘ng 
yurish kerak. Oyog‘ingni issiq tut, boshingni salqin... 
Ey o‘g‘lim, birovga yaxshilik qilsang, yaxshiligingni eslatib, uni 
uyaltirma, kamsitma. Birovga ichirgan va edirganingni minnat qilib
zaharga aylantirma! Evaziga narsa kutib qilingan yaxshilik yaxshilik 
hisoblanmaydi, balki u oddiy oldi-berdidan iborat, xolos.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling