Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Imom A’zamning o‘g‘liga nasihatlari
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodda saqlang
Imom A’zamning o‘g‘liga nasihatlari
Ey o‘g‘lim, senga aytadigan bir qancha vasiyatlarim bor. Ularni jon qulog‘ing bilan eshitib, amal qilsang, ikki dunyoda baxt-saodat qozonasan: 1. Barcha ishlaringda niyatni xolis qil. Halol luqma eyishga harakat qil. 2. Barcha a’zolaringni gunoh va yomon ishlardan saqla! 3. Nimani bilishga muhtoj bo‘lsang, uni bilmay qolma! 4. Dunyo va oxirat yo‘lida foydasi tegadigan kishilar bilangina do‘st tutin. 5. Musulmonga ham, g‘ayrimusulmonga ham dushmanlik qilma. 6. Alloh bergan rizqqingga qanoat qil. 7. Boshqalarga muhtoj bo‘lib qolmaslik uchun qo‘lingdagi bor imkoniyatdan tadbirkorlik bilan foydalan. 8. Odamlar senga past nazar bilan qarashlariga sabab bo‘ladigan yomon ishlarni qilma. 9. Hojatingdan ortiqcha narsalarga berilishdan saqlan. 10. Odamlar bilan ko‘rishganda gapni salom berishdan boshla, mayin va muloyim so‘zla, yaxshilarga yoqimli bo‘l, yomonlar bilan murosa qil. 11. Odamlar orasida nizo va janjal chiqqanida dushmanlaringdan ko‘ra do‘stlaringdan ehtiyot bo‘l. Zero, dushmaning do‘stingdan foydalanishi mumkin. 12. Siringni, pulingni va boradigan joyingni birovga aytma. 13. Yaxshi qo‘shnichilik qil va ularning aziyatlariga sabr qil. – 200 – Yodda saqlang: Imom A’zam – No‘mon ibn Sobit (mel. 699-769) hanafiy mazhabining asoschisi va juda katta olim. Qizaloqlar odobi iz bola oilaning ziynatidir. Qizi bor hovli fayz taratib turadi. Qizning muomalasi uning husnidir. Qizning hayosi go‘zalligidir. Qizning hayosi bilan andishasi bo‘lsa, yasanishning hojati yo‘q. Hayosi bor qiz oddiy kiyim bilan ham chiroyli ko‘rinadi. Tarbiya topish va odobli bo‘lish o‘g‘il bolalarga qanchalik lozim bo‘lsa, qiz uchun undan ham ko‘proq lozimdir. Shu sababdan ba’zi ishlar o‘g‘il bolalarga ayb ko‘rinmasa ham, qiz bolalarda katta ayb sanaladi. Masalan, libos va bosh kiyim yirtiq bo‘lishi o‘g‘il bolalarda ham ayb, lekin qizlarda undan ko‘proq aybdir. Odobli qizlar erkak odam nazarini tortmaydigan kiyimlarni kiyadi, yarim yalang‘och kiyim kiyishdan uyaladi, uyat sanaladigan a’zolarini berkitib yuradi, ko‘chada begona erkak kishilarga qaramasdan, odobsiz so‘zlarga quloq solmasdan maktabga boradi. Maktabdan qaytgandan so‘ng saboqlarini takrorlab bo‘lib, qizlarga lozim bo‘lgan uy yumushlarini qiladilar. Ular ko‘proq kiyim va do‘ppi tikish, har xil taomlar pishirish, pishiriq va shirinliklar tayyorlash va o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Odobli qiz hamisha onasi yonida bo‘ladi, ko‘cha-ko‘ylarga chiqib yurmaydi, biron ish bilan ko‘chaga chiqsa ham, kech bo‘lmasdan uyiga qaytadi va o‘g‘il bolalar bilan o‘ynamaydi. Odobli qiz kir-chir, nopok va yirtiq, ochiq-sochiq kiyimlarni kiymaydi, boshyalang va oyoqyalang yurishdan iymanadi. Odobli qiz ust-boshini toza tutib, sochlarini tarab ozoda va orasta bo‘lib yuradi, og‘zi va tishlarini tozalovchi vositalar bilan poklab, noxush hid taralishining oldini oladi. Odobli qiz tizzalari va bilaklarini ochib, sochlarini yoyib yurish bilan o‘zini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilmaydi. Qiz bola o‘z nomusini pok saqlashi va unga aslo gard-g‘ubor tegizmasligi kerak. Qiz – 201 – bolaning so‘zi va qiladigan ishi har doim odob doirasida bo‘lsa, hamma uni maqtaydi va o‘ziga kelin qilishni diliga tugib qo‘yadi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling