Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Odobli bolaning belgisi
dobli bola biron nojo‘ya ishni bilmasdan qilib qo‘ysa, 
kishilar unga qarashi bilan ishi noto‘g‘ri ekanini tushunib, 
xijolat chekadi, qilgan ishidan o‘zini noqulay his etadi va uyaladi. 
Agar shu vaqtda bir kishi nasihat qilsa, uning aytgani o‘zining 
foydasiga aytilayotganini o‘ylaydi. Biroq indamay yo‘liga 
ketmasdan nasihat qilgan kishiga: “Bilmasdan qilib qo‘yibman. 
Boshqa bunday xato ishga qo‘l urmayman!” deb kechirim so‘raydi. 
Ammo odobsiz va tarbiya ko‘rmagan bola esa undan farq qiladi, 
xato ishlarini tushunib etmaydi. Agar unga biron kishi nasihat 
qilsa, nasihat qiluvchiga qattiq gapirib, so‘zini e’tiborga olmaydi, 
hatto unga hurmatsizlik qiladi.
Aziz bolajon, shuni doim yodda saqla: odobli bola har qancha 
ko‘rimsiz bo‘lsa ham tarbiyali va odobli bo‘lgani uchun uni 
hamma yaxshi ko‘radi. Odobsiz bola har qancha chiroyli bo‘lsa 
ham, e’tibor qozonmaydi. Ustiga shinam va yaxshi liboslar kiyib 
olganiga qaramay hech kim unga havas bilan qaramaydi. Chunki 
bolaga baho berilganda hamma vaqt uning odobiga qaraladi
kiyimlariga emas.
Odobli bolaning kundan-kunga qadri va hurmati oshib boradi. 
Ammo u bundan taltayib ketmaydi, shunday tarbiya bergani 
uchun ota-onasidan minnatdor bo‘ladi, ular buyurgan xizmatni 
bo‘yin tovlamasdan bajaradi. Odobsiz bolaning esa kundan-
kunga hurmati tushib boradi.
Qaysi bola yoshi ulug‘ va keksa kishilarning so‘ziga kirsa, o‘zi 
ham ulug‘ bo‘ladi. Odobli bola yana o‘zidan kattalar hurmatini 
bajo keltiradi, duolarini olishga intiladi. Zero, duo odamning 
o‘sib-unishi uchun qanot vazifasini bajaradi.


– 197 –
Odobli bolani har kim xush ko‘radi va uni maqtov bilan tilga 
oladi. Qanday ishni qilmoqchi bo‘lsalar, odamlar odobli bolaga 
ishonadilar. Ammo tarbiya ko‘rmagan bolani hech bir ishga 
yaqinlashtirmaydilar, unga biron yumushni ishonib topshira 
olmaydilar. Balki uni izza qilib, beodobligini yuziga soladilar.
Ota-ona uchun tarbiya topgan bola katta boylikdir. Odobli bolani 
hech qanday boylikka almashtirib bo‘lmaydi. Chunki boylik bilan 
odob-axloqni sotib olish mumkin emas-da! Yana odob bilan erishish 
mumkin bo‘lgan yutuqlarga boylik bilan etib bo‘lmaydi.
Ey farzandim, endi o‘zing ayt-chi: milliard so‘m puli, qo‘sha-
qo‘sha dang‘illama uy-joylari, turli rusumdagi mashinalari bor 
odam boymi yoki bir odobli farzandi bor odammi? Boyligi bisyor 
odamning o‘g‘li beodob bo‘lsa, qanday xunuk, boyligi o‘rtacha yoki 
kambag‘al kishining farzandi odobli, o‘qishlari a’lo bo‘lsa, qanday 
chiroyli?! Ikkovini bir-biriga qiyoslash aslo mumkin emas. Demak, 
boylik hamma narsani hal qiladi, deb o‘ylash to‘g‘ri emas. Haqiqiy 
iste’dod, adolat, odob-axloq, insof va imon-e’tiqod oldida boylik 
juda ojiz narsa bo‘lib qoladi.
Odobli bola haqorat va qarg‘ish olmaydi. O‘zi birovlarni so‘kib, 
haqorat qilmaydi, boshqalarning so‘kinishi va haqoratiga sabab 
bo‘lmaydi.
Odobli bola qilgan ishlari yoki o‘zida bor fazilatlar bilan 
maqtanmaydi, kerilmaydi, kekkaymaydi, balki kamtar bo‘ladi, 
o‘zidagi fazilatlarni do‘stlari bilan baham ko‘radi, muloyim, 
ochiqqo‘l va ochiqko‘ngil bo‘ladi. Bu “meniki”, bu “seniki” deb 
ajratish, hamma vaqt faqat o‘zini o‘ylash, boshqalar bilan ishi 
bo‘lmaslik odobli bola sha’niga durust emas. Demak, bolaning 
kelajakda baxtli va tole’li bo‘lishi uning odob-axloqi va qanchalik 
ilm olishiga bog‘liq. Bola ota-onasining so‘ziga kirsa, aytganlaridan 
chiqmasa, bergan maslahatlarini jon deb qabul qilsa, bunday bola 
ulg‘ayganida, albatta baxtli bo‘ladi.


– 198 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling