Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Bolalar lug‘ati
Odob – yaxshi xulq, tarbiya va xushmuomalalik.
Axloq – inson tabiati, muomala, xatti-harakati va 
odobi.
Tarbiya – ta’lim, axloq-odobni o‘rgatish, insonni 
voyaga etkazish va ulg‘aytirish.
Eslab qoling: “Odob har bir inson amal qilish kerak bo‘lgan hayot 
qonunidir. Inson aynan odobi bilan tilsiz va aqlsiz hayvonlardan 
ajralib turadi”.
Foydali nasihatlar
1. “ Har kimda odob bo‘lsa, unda ilm ham bo‘lishi 
qanday yaxshi. Chunki odob aql bilan chambarchas 
bog‘liq. Agar aql ustiga odob ham qo‘shilsa, nur 
ustiga nurdir. Ulug‘lik aql va odobdan yuzaga 
keladi. Aqlning qadri odob, boylik qadri saxovat 
va kuch-quvvat qadri bahodirlik tufayli oshadi” 
(“Favoqihul-julaso”).
2. Yahyo ibn Muoz shunday dedi: “Qalb ko‘krakdagi qozonga 
o‘xshaydi. Shu qozonda qaynagan narsani suzib oladigan cho‘mich 
tildir. Kimligini bilmoqchi bo‘lsang, uning so‘ziga e’tibor ber. Chunki 
til senga qalbdagi shirin, nordon, xushta’m va achchiq narsalarni 
ko‘rsatadi”.
3. Odob xulqni chiroyli qilish, so‘z va harakatni tuzatishdir.
4. Go‘zal sifat va chiroyli xulq bilan bezanmagan kishini chiroyli 
kiyimlar hech qachon ko‘rkam qilolmaydi.


– 191 –
Qaysi biri yaxshiroq?
(Ibratli hikoya)
ozordan savat ko‘tarib qaytayotgan uch ayol dam olish 
uchun yo‘l chetidagi o‘rindiqqa o‘tirishdi. Bir-biri bilan 
o‘z o‘g‘illari haqida gaplasha boshladi. Birinchi ayol shunday 
dedi: “O‘g‘lim juda ham chaqqon bola. Hatto bir necha daqiqa 
oyog‘ini osmonga qilib, qo‘lida tik yura oladi”. Ikkinchi ayol ham 
o‘g‘lini maqtab qoldi: “O‘g‘limning bulbuldek ovozi bor, eshit-
gan odam erib ketadi”. Uchinchi ayol o‘g‘li to‘g‘risida lom-mim 
demadi, ikki ayolning gaplariga jimgina quloq solib o‘tirdi. Ikki 
ayol sen nega gapirmaysan, deb undan so‘rashganida tortinibgina 
shunday dedi: “Mening o‘g‘limda aytarli birorta alohida fazilat 
yo‘q. Alloh bergan bir bola-da”.
Bir qariya nariroqda ayollar nima deb gaplashayotganiga quloq 
solib turgan edi. Ayollar yo‘lga tushib, yuk ko‘tarib og‘riyotgan bel 
va qo‘llarini ishqalab silay boshlashdi. Shu payt uch bola oldilariga 
chopib kelishdi. Bular uch ayolning o‘g‘illari edi. Birinchi ayolning 
o‘g‘li oyoqlarini osmonga ko‘tarib qo‘li bilan erda tik yurishni 
amalda ko‘rsatdi. Ikkinchi ayolning o‘g‘li xarsang tosh ustiga 
chiqib, onasi yaxshi ko‘rgan qo‘shiqni xushovozda kuylay boshladi. 
Ayollar hursand bo‘lishib, uni olqishlab chapak chalishdi. Uchinchi 
ayolning o‘g‘li esa onasi oldiga kelib: “Oyijon, savatni menga 
bering, uni men ko‘tarib boray”, dediyu uni ko‘tarib yo‘lga tushdi. 
Ayollar kuzatib turgan qariyadan qaysi birimizning o‘g‘limiz yaxshi 
ekan, deb so‘rashdi. Qariya: “Onasiga yordam berishga shoshilgan 
o‘g‘ilni yaxshi bola desa bo‘ladi”, deb javob berdi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling