Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Nega inson aziz va mukarram?
olajonlar, kuzatgan bo‘lsangiz, hayvonlar ham ovqat 
eydi, suv ichadi, uxlaydi, to‘g‘rimi? Odamlar ham xuddi 
shunday. U holda, inson bilan hayvon o‘rtasida qanday farq bor? 
Bu haqida hech o‘ylab ko‘rganmisizlar? Agar inson bilan hayvon 
o‘rtasidagi farqni bilmoqchi bo‘lsak, shu ikkovi hayotini kuzatish 
kifoya. Inson har bir ishni aql, odob va tartib asosida bajaradi. 
Hayvonda aql yo‘qligi uchun na odob va na qoidaga rioya etmay 
yashayveradi. U bunday xususiyatdan mahrum etilgan. Shuning 
uchun adabsiz bolaga tanbeh berilganda hayvonga o‘xshama, 
deb aytiladi. Hayvon kir-chir holda yuraveradi, uyat va andishani 
bilmaydi. Shu bois u hech qanday odob-axloqqa rioya qilmaydi. 
Shundan ham bilamizki, Alloh insonni hayvondan farqlab, ulug‘ 
maqomga ko‘tardi, unga aql ne’matini ato etib, har bir ishni shu 
orqali bajarish kerakligini buyurdi. Agar inson o‘z aqlini ishlatsa, 
birinchi navbatda nima uchun yaratilganini anglaydi, Allohning 
mavjudligiga iymon keltiradi va unda yaxshi amallar qilib, yomon 
amallardan tiyilish hissi paydo bo‘ladi. Ayniqsa, aqlli bola o‘z 
aqliga suyanib, bu olam va borliq qanday yaratilgani, oy, quyosh 
va yulduzlar osmonda o‘z-o‘zicha va behuda suzib yurmasligi 
haqida fikrlaydi. Shu tariqa u inson hayoti ham muayyan tartib 
va qoidaga bo‘ysunishini bilib oladi. Shundan keyin odob, 
kamtarlik va hayo kabi xulq-atvorlar insonga juda zarurligini 
tushunib etadi. Demak, odob aqlning mevasi va hosilasidir. 
Odobsizlik aql kamligi yoki aqlni to‘g‘ri ishlatmaslik oqibatida 
yuzaga keladi. Shuning uchun odamlar odobsiz bolani hayvon 
deb ataydi, bir nojo‘ya ishni qilsa, darrov dakki-dashnom berib, 
aqlni ishlat, deb koyishadi. Odobli bolani maqtab, aqlli bola 
ekan, odobli bola ekan, deb alqaydilar. Demak, ey aziz farzand, 
sen ota-onang va qarindoshlaring suyib, erkalaydigan odobli 
bola bo‘lishni istasang, dastlab yaxshi xulq va go‘zal odoblar 
nimaligini yaxshilab bilib olishing kerak. Aksincha, bularni bilib 
olmasang, ularni ranjitib qo‘yishing hech gap emas.


– 187 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling