Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

(Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар)
Бола – одоби 
билан азиз
Нашрга тайёрловчи: 
Зиёвуддин Раҳим 
Муҳаррир: 
Илҳом Халилов 
Техник муҳаррир: 
Дилмурод Жалилов
Босишга 2014 йил 20 июнда рухсат этилди.
Қоғоз бичими 70x100 
1
/
16
. Офсет босма усули. 
Arno Pro гарнитураси. 22 босма табоқ. Адади 5500 нусха. 
4-сонли буюртма. Баҳоси шартнома асосида.
«Наврўз» нашриёти: Лицензия № АI 170. 23 декабр 2009 й.
Манзили: 100000, Тошкент шаҳри, А.Темур кўчаси, 19-уй. 
“Elizabet print” МЧЖ босмахонасида чоп этилди.
Тошкент шаҳри, Буюк Ипак Йўли кўчаси, 38-уй.
e-mail: elprint_info@mail.ru


Bola – odobi 
bilan aziz
(Farzand tarbiyalashda ota-onalarga maslahatlar)
Nashrga tayyorlovchi: Ziyovuddin Rahim 
«Navro‘z» nashriyoti 
Toshkent – 2015 


KBK 82.12(5O`zb)4
UO`K: 515.4.3
M40
Ziyovuddin Rahim. 
Bola – odobi bilan aziz (Farzand tarbiyalashda
 
ota-onalarga maslahatlar). - T: «Navro‘z» nashriyoti 2015 y. 356 b.
“Bola – odobi bilan aziz” kitobida bolalar odob-axloqi haqida juda kerakli 
ma’lumotlar berilgan. Misol uchun, uyda va maktabda o‘zini qanday tutish 
lozimligi, ko‘chada yurish odoblari, ota-onaga, ustozlarga, qarindoshlarga qanday 
muomala qilish haqida muhim yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, bu kitobdan 
bolalarning dunyoqarashini kengaytiradigan qiziq mavzular va ibratli hikoyalar 
ham o‘rin olgan.
Sevikli farzandlarimiz bu kitobni o‘qib, hayotning mohiyatini yaxshiroq anglab 
etadilar, odob-axloq qoidalarini o‘rganadilar, insonlarga ham, atrof-muhit va 
hayvonot olamiga ham birdek yaxshi munosabatda bo‘lish naqadar muhimligini 
bilib oladilar.
KBK 
82.12(5O`zb)4
UO`K: 515.4.3
ISBN 978-9943-381-40-7
© «Navro‘z» nashriyoti 2015 y.
© Ziyovuddin Rahim.


– 183 –
KIRISH
ssalomu alaykum, aziz bolajonlar! Ota-bobolarimiz bo-
lalarga yoshligidan olim bo‘lma, odam bo‘l, inson bo‘l, 
deb uqtirib kelishgan. Bu pand-nasihat zamirida ulkan ma’no 
mavjud. Ko‘pchilik bolalar olim bo‘lish qiyinligini yaxshi bili-
shadi, ammo odam bo‘lish ham og‘ir ekanmi, deb o‘ylashi mum-
kin. Chunki olim bo‘lish uchun ko‘p kitob o‘qib, tunlarni bedor 
o‘tkazish kerak. Bunga hammaning ham toqati etmaydi. Keling-
lar, insoniy qadr-qiymat nima bilan o‘lchanadi, degan savolga ja-
vob izlab ko‘raylik. Bunga bir bola boylik bilan o‘lchanadi, desa, 
yana biri chiroyli, qad-qomatli bo‘lish kifoya, deb javob beradi. 
Yana bir bola libosni va yana biri boshqa narsani insoniy qadr-
qimmatga o‘lchov deb biladi. 
Donishmand zotlar insoniy qadr-qimmat asosida odob-axloq, 
go‘zal xulq va muomala turadi, deb aytib ketganlar. Navoiy bo-
bomiz insoniy sharafni adab va hayo belgilaydi, deydi. Chunki 
odob-axloq bo‘lmasa, insonni hayvondan farqlab bo‘lmaydi. 
Olim bo‘lish uchun ko‘p kitob o‘qish kifoya, ammo odam bo‘lish 
uchun faqat ilmning o‘zi etarli emas. 
Agar ota-ona farzandiga yoshlik paytidan to‘g‘ri ta’lim-tarbiya 
bermasa, u dangasa va yalqovga aylanib, ilm olishga harakat qil-
maydi va kasb-hunar o‘rganmaydi. Natijada bu bola engil-elpi 
hayot kechirishni o‘ylaydi, etarli ta’lim-tarbiya olmagani uchun 
adabsiz va ilmsiz holda voyaga etadi. Shu bois u hayot yo‘lida ko‘p 
qoqiladi va jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Shuning uchun siz 
aziz bolalar bilan olib boradigan suhbatimizni “Bola – odobi bi-
lan aziz”, deb nomladik. Zero, har bir bola o‘z ota-onasi uchun 
aziz. Ammo bolaning chiroyli odob-axloqi uni ota-onasiga ham 
va boshqalarga ham suyukli qiladi. Shunday ekan, suyukli bola 


– 184 –
bo‘lish uchun ilm olish qatorida odobli va tarbiyali bo‘lishga in-
tilish katta samara berib, olingan ilm ham kelajakda katta foyda 
keltiradi. 
Qadrli bolalar! Mazkur kitobimizda odob-axloq haqida suh-
batlashsak, bunga hamma o‘g‘il-qizlar qo‘shilsa kerak. Jumladan, 
uyda va maktabda o‘zini tutish odoblari, ko‘chada yurish odoblari, 
ota-onaga muomala qilish va boshqa muhim odoblar mavjud. 
Bularning har biri haqida ushbu kitobimizda bolalarga kerakli 
ma’lumotlarni berishga harakat qilamiz. Siz bu kitobni mutolaa 
qilish orqali hayotning mohiyati, insoniy odob-axloq va odam 
bir-biri bilan qanday muomala qilishi lozimligi haqida kerakli 
bilimga ega bo‘lasiz, degan umiddamiz.


– 185 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling