Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
Odob oltindan qimmat
nson tabiati boylik, pul va oltinni juda yaxshi ko‘radi. Chun- ki boylik ko‘p narsani hal etadi, boy-badavlat odam ko‘p nar- sani osongina qo‘lga kiritadi. Shu bois ayrim bolalar boy odamga havas bilan qaraydi, boy bo‘lishni orzu qiladi. Hayotda kamchilik ko‘rmay, orzu-istaklariga osongina erishish haqida shirin xayol- lar suradi. To‘g‘ri, boy-badavlat kishi yaxshi yashab, nimani istasa, shunga osongina erishayotganini ko‘ramiz. Ko‘pchilik nazdida shu narsa katta baxt. Ammo katta va ulkan boylikka ega bo‘la turib, baxtli bo‘la olmagan yoki o‘zini baxtsiz his etadigan boylar qancha. Ular kambag‘al va faqir kishilarga qaraganda ko‘proq izti- rob chekib yashaydi. Haqiqatda baxtli bo‘lish uchun dastlab iymon, ilm, yaxshi amal va odob suv va havodek zarur. Buni ko‘pchilik bolalar yaxshi bilmaydi, bilsa ham bu to‘g‘rida chuqur o‘ylab ko‘rmaydi. Qan- day bo‘lmasin, boy bo‘lish kerak, deb katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Baxtli bo‘lish uchun odob bo‘lishi kerak, deb aytdik. Bu bizning gapimiz emas, balki asrlar davomida tajribada sinalib, donish- mand bobolarimiz tomonidan aytilgan. Odobning katta foydasi shuki, qaerda odob bo‘lsa, o‘sha joyda tartib va intizom bo‘lishi aniq. Tartib va intizom har bir ishni o‘z vaqtida va puxta bajar- ishni talab etadi. Bunga amal qilgan bola doimo maqtovga loyiq. Nega biz boshqa yurt odamlaridan orqada qolganmiz, nega turli kompyuter va boshqa asbob-uskunalar hamda o‘yinchoq turla- rini ulardan sotib olamiz, deb o‘ylasak, bunga ular yoshligidan ilm va odobni yuksak darajada egallagani sababdir. Ilmli va odob- li bo‘lishning foydasi juda katta. Odamlar ham odobli bolani yo- qtirib, uning ota-onasiga rahmat aytishadi va iloyo, baxtli bo‘lgin, aslo kam bo‘lmagin, deya haqiga xayrli duolar qilishadi. Alloh intizomli bola uchun nomai a’moliga alohida savoblar yozdira- di, rizqini ko‘paytirib, umriga umr qo‘shadi. Odob ana shunday ajoyib fazilatdir. Shuning uchun dono xalqimiz “odob oltindan qimmat”, deb bejiz aytmagan. Buni to‘g‘ri tushunib olgan bola aslo adashmaydi, hayotda qoqilmaydi va ota-onasiga ko‘pdan-ko‘p rahmat keltiradi. Mana bu rivoyat adab boylikdan afzal ekanini – 188 – tushunishda yordam beradi: Asmaiy degan zot shunday hikoya qiladi:” Men bilan suhbatlashib turadigan arab bolalaridan biri fasohati va malohati bilan lol qoldirdi. Men sinamoqchi bo‘lib, yuz ming dirham evaziga ahmoq bo‘lishni xohlaysanmi”, dedim unga. U savolimga yo‘q, deb javob berdi. Nima uchun deb so‘radim. “Ahmoqligim tufayli bir jinoyat qilishim va bor-budimdan ayrilib, keyin shu ahmoqligim yana o‘zimda qolishidan qo‘rqaman”, dedi. Qarangki, yosh bola o‘z aqliga suyanib boylik hech narsani hal qilmasligini anglab etdi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling