Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odobli va odobsiz bola
Foydali maslahat
1. Beshikdan to qabrgacha ilm va tarbiya olishga imkoni etsa ham, lekin bolalikdan shunga ko‘nikma hosil qildirish foydali va muhimdir. 2. Bolani tarbiya qilish uni jismonan, fikran va xulqan kamolga etkazib, saodatga erishishga yordam berishdan iborat. 3. Befoyda so‘zni ko‘p gapirma va foydali so‘zni ko‘p eshitishdan qaytma. 4. Kam gapir, oz egin va kam uxla. Odobli va odobsiz bola elinglar, odobli va odobsiz bola qanday bo‘lishi haqida suhbatlashaylik. Odobli bola uyqudan erta turib, darhol yuz-qo‘lini yuvadi. Hatto badantarbiya mashqlarini bajarib, badanini chiniqtiradi. Badani va kiyimlari doim toza va ozoda bo‘lishiga e’tibor beradi. U ko‘p kitob o‘qish barobarida darslarini o‘z vaqtida bajarib qo‘yishni yaxshi ko‘radi. Ota- onasi va ustozlaridan eshitgan nasihat va o‘gitlardan aslo bo‘yin tovlamaydi. Odobli bola har doim a’lo baholarga o‘qiydi. Agar yaxshi va xushmuomala kishini ko‘rsa, darhol undan ibrat olib, unga amal qilishga intiladi. Bunday bolani tarbiyali yoki xulqi chiroyli ekan, deb maqtaladi. Odobli bola iloji boricha odamlarga yaxshilik qilish haqida o‘ylaydi. Kichik yoshidan boshlab ko‘chada – 189 – yoki biron joyda qariyalarni ko‘rganda salom berib, qo‘lida yuki bo‘lsa, uni ko‘tarib uyigacha eltib beradi. Qo‘ni-qo‘shnilar tomiga tosh otib o‘ynamaydi, mushuk va shunga o‘xshash jonzotlarga ozor bermaydi. Ammo bolalar ichida odobsizlari ham uchrab turadi. Bunday bola erta o‘ringa yotib, uyqudan kech uyg‘onadi. Uyqudan turganida yuz-qo‘lini chala yuvadi, badantarbiya mashqlarini bajarishni yoqtirmaydi. Usti-boshi kir-chir va iflos bo‘lib yuradi. U qo‘liga kitob ushlamaydi va darslarini tayyorlashga hafsala qilmaydi. Ota-onasi bir ishni buyursa, uni labbay deb, bajarmaydi, balki erinchoqlik qilib, orqaga suradi. Ustozlari bergan uy vazifalarini qilmagani uchun maktabga borganda gap eshitib, sinfdoshlari oldida mulzam bo‘ladi, yomon bahoga o‘qiydi, yaxshi odob va xulq haqidagi nasihatlarga quloq solmaydi. Odobsiz bolani hech kim yoqtirmaydi. Chunki u aqlini kam ishlatadi- da. Shu bois odamlar uni xulqi yomon bola ekan yoki ota-onasi yaxshi tarbiya bermabdi, deb aytishadi. Tarbiyasiz bola qanday salomlashishni ham bilmaydi. Odobsiz bo‘lgani uchun uning atrofida do‘stlari kam. Tarbiya va odobi yo‘qligi uchun bolalar undan uzoqroq yurishga harakat qiladi, chunki u dilozorlik qilib, ko‘pchilik ko‘nglini qoldiradi. Shu bois bironta bola u bilan do‘stlashishni istamaydi. Demak, odobsiz bola bir o‘zi yakkalanib, do‘stlaridan ajrab qoladi. Xo‘sh, odobsiz bola qanday qilib yaxshi bo‘ladi, deb savol berarsan. Buning uchun har qanday odobsiz bolaga ham yaxshi tarbiya berilsa, u o‘z aybini tushunib, undan voz kechish haqida o‘ylaydi. Yaxshi bolalar odobsiz bolaga chiroyli nasihat qilib, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Ayniqsa, ko‘chaga chiqqanda kompyuterxonada har xil bo‘lmag‘ur kompyuter o‘yinlariga berilib vaqtini zoe ketkizayotgani va yomon bolaga aylanib borayotganini bildiradi. Odobsiz bolaning odobli bolaga aylanishi oson emas. Agar u aqlini to‘g‘ri ishlata olsa, asta-sekin yaxshi bolalar safiga qo‘shilib oladi. Buning foydasini yoshi ulg‘aygandan keyin biladi. Faqat u yaxshi va odobli bola bo‘lishga harakat qilishi kerak. Bir donishmand: «O‘g‘ling etti yoshgacha rayhoningdir, yana etti – 190 – yosh qo‘shilguncha dastyoring va yana etti yosh qo‘shilganda vaziring va keyin esa u do‘sting yoki dushmaningdir», debdi. Shundan bilamizki, itoatli va odobli farzand har doim ota-ona yonida bo‘lib, ularning ko‘zini quvontiradi va ishlarida ko‘mak beradi. Itoatsiz va odobsiz bola esa ota-ona gapini olmasligi va aytganiga yurmasligi bilan xuddi ota-onasi undan judo bo‘lgandek taassurot qoldirar ekan. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling