Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Bolalar lug‘ati
Fe’l-atvor – insonning o‘ziga xos xususiyati
xarakteri va tabiati.
E’tiqod – ishonch, qalb bilan tasdiqlash va imon.
Fikr – o‘ylash, xayol, mulohaza va g‘oya.
Odobli bo‘lish yo‘llari
dobli bolaning belgisi shuki, u barvaqt, kattalar bilan 
barobar uyg‘onadi. Ulardan ilgari ham turmaydi, keyin 
ham qolmaydi. Hamma uyqudan uyg‘onganida ham o‘rnidan 
qo‘zg‘almay uxlab yotgan bolani dangasa deb chaqiradilar.
Odobli bola uyqudan turib, kiyimlarini kiyib yuz-qo‘lini yuvadi, 
ota-onasiga salom berib, ulardan hol-ahvol so‘raydi. Yomon 
bolalar esa uyqudan turib, yuzlarini yuvmasdan ovqatlanishga 
o‘tiradi, ota-onalarining holidan xabar olmaydi.
Odobsiz bolaning yana bir belgisi shuki, u uyqudan turishi 
bilan yuz-qo‘lini yuvmasdan ko‘chaga o‘ynashga chiqib ketadi, 
choy vaqti o‘tib bo‘lgach, hammadan ortda qolib bir o‘zi 
nonushta qiladi. U choy ichib bo‘lgunicha maktabga borish vaqti 
o‘tib ketadi. Darsga kech qolib o‘qituvchilaridan dakki eshitadi,
darslarni yaxshi o‘zlashtirolmaydi. Chunki ertalab yo‘l qo‘yilgan 
birgina xato mana shunday natijaga olib keladi. Shu sabab barvaqt 
turib, hamma ishlarni o‘z vaqtida bajarish kerak.
Odobli bola o‘rnidan turib, choy vaqti bo‘lgunicha o‘tgan 
kundagi saboqlarini takrorlaydi. Ushbu kunda o‘tiladigan 
saboqlarini bir-ikki marta ko‘zdan kechiradi. Choy vaqti 
bo‘lganidan so‘ng darhol ota-ona, aka-uka va opa-singillari qatorida 
odob bilan o‘tirib choy ichadi. Tayyor nonushtaga o‘tirmasdan 
kattalar vaqtini olmaydi, o‘zi darsdan kechga qolganidek, ularni 


– 196 –
ham ishi va o‘qishidan kechikishiga sababchi bo‘lmaydi. Odobli 
bola maktabga yaxshi xulq va odob bilan boradi. Katta kishilardek 
o‘z yo‘lidan yuradi, loy yo‘lak va yurilmaydigan joylardan 
yurmaydi. Ko‘chada katta yoshli kishilarni ko‘rsa, ulardan oldin 
salom beradi. Ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatadi, ranjitmaydi yoki 
diliga ozor bermaydi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling