Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hojatxonada qilish ta’qiqlanadigan ishlar
Hojatxonaga kirgandan keyin
ojatxonaga kirgandan keyin ahamiyat berish kerak bo‘lgan ishlar mana bular: 1. Hojatxona eshigini qulflab olish; 2. Kiyimni nopok narsalar tegishidan ehtiyot qilish; 3. Tana a’zolarini pokiza saqlash; 4. Hojatdan so‘ng tozalanish; 5. Tozalanishda chap qo‘lni ishlatish. 6. Hojat chiqarish vaqtida gapirmaslik. – 208 – Hojatga kirgan odam hech kimning ko‘ziga ko‘rinmasligi kerak. Chunki uyat (avrat) joyini birovga ko‘rsatish yoki birovning avratiga qarash aslo mumkin emas. Shuning uchun hojatxona eshigini qulflab olish darkor. Hojat ushatayotgan joyda o‘zidan boshqa hech kim bo‘lmasligi kerak. Ayrim bolalar ko‘chada o‘ynab yurganda hojatxonaga kirishga erinib, daraxt tagi yoki shunga o‘xshash odamlar o‘tadigan joylarga tik turib choptiradi. Bu holda siydik kiyimiga tegib, uni iflos qilsa, ikkinchidan poyabzal iflos bo‘lib, shu iflos narsa bilan uyiga kirishi mumkin. Musulmon bolaning kiyimlari hamda tanasi toza va behid bo‘lishi lozim. Agar kiyimga yoki badanga najosat tegsa, albatta uni tozalash kerak, shunda ham ketmasa, uni yuvish kerak. Inson hojatxonada bo‘shanib bo‘lgach, najosat chiqqan a’zoni yuvib, tozalanadi. Tozalanishda maxsus qog‘oz, kesak yoki suvdan foydalanish ma’qul. Najosat chiqqan joyni oldiniga qog‘oz bilan artilib, undan keyin iliq suv bilan yuviladi. Bunda sovuq suvdan foydalanilsa, avrat a’zolarini shamollatib qo‘yishi mumkin. Tozalanishda tezak va suyak kabi narsalarni ishlatish aslo mumkin emas. Tozalanish paytida chap qo‘ldan foydalanish kerak. Chunki o‘ng qo‘lni odamlar bilan so‘rashish va ovqat eyish uchun ishlatiladi. Hojatxonada qilish ta’qiqlanadigan ishlar ojat ushatish paytida ba’zi ishlarni qilish mumkin emas. Jumladan: 1. Qiblaga qarab yoki orqa qilib o‘tirish; 2. Ko‘p o‘tirish yoki mudrash; 3. Birov bilan gaplashish; 4. Biror narsani qo‘lida tutib o‘qish; 5. Eyishga ulgurmagan narsani olib kirib u erda eb-ichish; 6. Suv va qog‘ozni ko‘p ishlatish; 7. Tozalanish paytida suvni sachratish; 8. Uzrsiz tik turib yozilish; 9. Zaruratsiz avrat a’zosiga qarash; 10. Hojatxonani iflos qilib chiqish. – 209 – Ochiq erda hojat ushatishga to‘g‘ri kelib qolsa, quyidagi ishlar ta’qiqlanadi: 1. Oy yoki quyoshga qarab o‘tirish; 2. Shamol esayotgan tomonga qarshi o‘tirish; 3. Oqayotgan yoki to‘xtab turgan suvga choptirish; 4. Ekinzorga yoki mevali daraxt ostiga yozilish; 5. Qabristonga hojat ushatish; 6. Teshik va kovakka siyish; 7. Hasharotlar ustiga hojat ushatish. 8. Odamlar yoki hayvonlar o‘tadigan yo‘l ustida hojat ushatish. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling