– 223 –
Hikoya
ir o‘quvchi kasal bo‘lib qoldi va uning kasali og‘irlashdi.
Doktor kelib kasalini tekshirib ko‘rgach, ovqat va
holvani haddan ziyod ko‘p eb qo‘ygani
uchun oshqozoni ishdan
chiqib, sog‘ligi yomonlashganini aniqladi. Tasodifan doktor shu
o‘quvchining qo‘lida pul to‘la hamyon borligini ko‘rib qolib unga
dedi:
– Agar senga yana
shuncha miqdorda pul bersam, shu
hamyonga sig‘dira olasanmi?
– Unga ichidagidan ortiq pul sig‘dirish mumkin emas, – deb
javob berdi o‘quvchi.
– Zo‘rlab sig‘dir.
– U qimmatbaho hamyon. Yirtilib ketishidan qo‘rqaman.
Shunda doktor dedi:
– Bilginki, ey o‘g‘lim! Sening oshqozoning
ham shu hamyonga
o‘xshaydi. Agar qorningga siqqanidan oshig‘ini esang, har xil
kasalliklarga chalinasan.
Foydali nasihatlar
1. Ko‘p eyish oz eyishdan ham mahrum qiladi.
2. Badanning quvvati ovqat, ruhning quvvati
ilmdir.
3. Qorin eyishdan zavq oladi, aql esa hikmatdan.
4. Olimlardan biri Nizomiddin shunday deydi:
“Quyidagilar yoqimsiz, xunuk va nomaqbul
ishlardandir: o‘zgalarni masxaralash, ko‘p kulish, achchiq narsalarni
ko‘p eyish, mevalari pishib turgan daraxt tagiga yotish yoki uning
ostiga hojat ushatish, sochni boshqa kishilar tarog‘i bilan tarash,
qozondan qo‘l bilan ovqat eyish, jamoat oldida tupurish, sichqon
egan narsani eyish, bozorda ko‘pchilik nazari tushib turgan joyda
ovqat eyish, qabristonda o‘tirib ovqatlanish va u erda qahqaha otib
kulish!”